Ahmad Muhammad Tursun Yozuvchi 02 Iyun 2023
Hurlik nimadir?
Inson hur tug'iladi va hurligicha vafot etadi. U tug'ilmasidan oldin va o'limi oldida uning hurriyatiga Allohdan o'zga hech bir zot daxl qilolmaydi. Mashhur shoir aytganiday: “...ki sen ham hur tug'ilg'onsan”. Inson Alloh taolo belgilagan chegaralarga ko'ra hamma narsada hur: u ehtiroslarini so'ndirish, g'azabini jilovlash, qalbi bilan kurashish, bad niyatlarini daf qilish, yaxshi amallarini ko'paytirish ixtiyoriga ega. Inson o'z boyliklarini, hatto o'z jismini qurbon qilish erkiga ega. Haqiqat yoki yolg'onni gapirish, ta'qiqlangan narsalardan yuz o'girish, yaxshi va yomonni tanlash ixtiyori ham uning o'zida. U nazarini begona chehralardan o'girishga qodir. Tilini so'kishlardan, g'iybat va bo'htonlardan asray oladi. Yana u nafsi so'ziga kirish va kirmaslik, shayton yo'lidan yurish va yurmaslik hurligiga ham ega. Bu masalalarda hamma ozod, ammo bu ishlari uchun oxiratda hisob beradi va barcha masalalarda Alloh taolo hammani qattiq so'roq qiladi.
Ammo bu yerda so'z borayotgan ozodlik nisbiy tushuncha, aslida mutloq ozodlik degani emas, bu hurlik batamom, mutloq hurriyatni anglatmaydi. Inson o'z majburiyatlaridagina ozod, hurdir. U ulg'aya boshlashi bilan uning hurriyatini cheklaydigan, erkinligiga xavf soladigan turli katta-kichik omillar, sabablar paydo bo'la boshlaydi: “buni qilma, qonunlarga zid”, “uni qilma, jamiyat ustingdan kuladi”, “bunday yo'l tutma, chegarani buzyapsan”, “unday qilma, o'zgalarni xafa qilyapsan”. Biz mas'uliyatni his etamiz va qilgan xatolarimizdan afsuslanamiz. Qachon ezgu amallarni qilsak, ruhimiz taskin topadi. Juda ko'p imkoniyatlarimizni sarhisob qilarkanmiz, biz har lahzada nimanidir tanlaymiz. Chunki tafakkurimizning eng muhim vazifasi – tanlash, bir narsani boshqasidan afzal ko'rishdir. Bu ozodlikni yana shu narsa tasdiqlaydiki, qalbni o'zi yoqtirmagan biror narsani sevishga aslo majburlab bo'lmaydi. Ayol kishini do'q-po'pisa, kaltaklash bilan yechintirish mumkin, lekin uni hech qanday kuch sevishga majbur qilolmaydi. Buning ma'nosi shuki, Alloh taolo qalblarimizni turli-tuman zo'rlov va majburlashlardan xalos qilgan, ya'ni U ularni ozod qilib yaratgan.
Shuning uchun Alloh taolo qalb va uning intiluvlarini tafakkurning asosi qilgan. Jazo bilan qo'rqitib dinidan chiqarilgan dindor, agar u iymonsizlik va shubhalardan xoli bo'lsa, buning uchun jazolanmaydi. Shuning uchun Alloh taolo: «Lekin kim qalbi iymon bilan orom olgani holda (kufr kalimasini aytishga) majbur qilinsa, (uning iymoniga ziyon yetmas)» degan. (Nahl, 106).
Asl hurlik o'zi nima? Inson qachon batamom hur, ozod bo'la oladi? Islom mutafakkirlari bu savolga bunday javob berishgan: “Chinakam hurlik Allohga qullik qilishdadir”. Inson Allohga qullik qilmas ekan, bandalarga, shaytonga yo nafsiga qullik qilishga majbur. Musulmon tafakkuri donishmandlari nazdida imongina, Allohga bandalikkina insonni odamlarga qullik xorligidan Allohga qullik sharafiga, maxluqqa qul bo'lish baxtsizligidan Allohga bandalik saodatiga olib boradi. “Agar insonlar Allohning ulug'ligi haqida fikr yuritganlarida, Unga isyon qilmas edilar”, degan Bishr Xofiy. “Menga taqdir hukmlariga rozi bo'lishdan o'zga xursandchilik qolmadi” deydi Umar ibn Abdulaziz. “Yuksalmoq yuksaklarga ko'ngil bermoqdan boshlanadi” deb yozadi Ali Suad. Qobusning esa mana bunday gapi bor: “Kelish va ketish – hayot va hurriyat, to'xtab qolish esa o'limdir”.
Allohga bandalik, qullikkina inson sharafini ulug'laydi, uning martabasini ko'taradi, insonlarga mute'lik sharmandaligidan xalos etadi. “Ma'naviy qullikdan sharmandaliroq mute'lik yo'q”, degan Seneka. Allohga bandalik, Yaratgan Xoliqqa, buyuk Parvardigorga qullik qilmaydiganlar “chinakam hurriyatga erishganmiz”, deya o'ylasalar-da, bilib-bilmagan holda boshqa narsalarning quliga aylanib bo'lishgan. Masalan, Allohga bandalik qilmaydigan kishi aslida shaytonning yoki nafsining qulidir. Allohga isyon, itoatsizlik qilyaptimi, demak, shaytonning yo'liga kirib bo'lgan: Alloh buyurganiga qaramay, gunohdan qaytmaydi, yomon yo'llarda yuradi, buzuqlik qiladi, U zot harom qilgan narsalarni iste'mol qiladi. Shaytonga va nafsiga qul bo'lganlar uchun go'yoki bu dunyo hayoti mavjud, xolos. Ular o'zlarini kim yaratgani, nega dunyoda kelgani, oxirat dunyosidagi oqibat nima bo'lishi, Alloh huzurida hisob-kitobdan o'tishlari haqida o'ylab ham ko'rishmaydi. Buni istashmaydi ham.
Allohga qullik qilishni istamadimi, demak, insonlarga qullik qilish yo'lini tanlagan: boshiga bir ish tushsa, Parvardigoriga iltijo qilmaydi, “falonchi akam qo'llaydi, jonimga oro kiradi” deb o'ylaydi. Rizqni Alloh berayotganiga aqlini ishlatmaydi, falonchi tufayli katta pul topyapman, degan xayolga boradi. Allohga bandalik qilmaydigan odam hech bo'lmaganda nafsining quliga aylanadi, ana shu katta dushmaniga itoat qilishni boshlaydi.
“Boshingga qanday ish tushmasin, hammasi avvaldan taqdiringga yozib qo'yilgan. Zero, chigal sabablar ibtidodanoq sening mavjudligingni shu ishlarga bog'lab turadi”, deydi Mark Avreliy Antonin. Yoki Alloh belgilagan chegaralarda hurriyat izlaydiganlar baribir jamiyat qonunlarining quligiga mahkumdirlar. Sitseron Mark Tulliy bunday degan: “Ozod bo'lish uchun qonunlarning quliga aylanishga to'g'ri keladi”. Allohdan qo'rqmaydiganlar to'la hurlikka erishmagan, ular baribir insonlardan, rahbarlardan, o'zlaridan mansab yoki boylikda ustun kimsalardan qo'rqishadi. “O'zgalardan qo'rquvchi kimsa, garchi o'zi buni sezmasa-da, quldir” degan ekan o'tmish donishmandlaridan Antisfen. Ayrim insonlar Parvardigorlaridan qo'rqishmaydiyu, ammo U zotning balo-ofatlaridan qattiq qo'rqishadi. Vaholanki, atoqli Islom olimi Muhammad Zohid Qo'tqu aytganiday, “Dunyodagi turli ofatu balolar ham Robbil olamiynning lutfu ehsonidir, bandasini O'ziga qaratmoq va iltijo ettirmoq uchun bir vasiladir”.
Insonlar ana shu haqiqatni tan olmay, hurriyat masalasida hamisha adashuvda bo'lgan. Islom dini shaxs hurriyatini ilohiy mezon o'lchovlarida baholadi, chinakam ozodlik nimada ekanini ko'rsatib berdi. Islomning buyuk adolati shundaki, u barcha insonlarni hur, teng va nasab-mansabda baravar, deb e'lon qildi. Agar shunday bo'lmaganida quldorlik avjiga chiqqan bir davrda yuborilgan bu din qul bilan xojani bir maqomga qo'ymagan bo'lur edi. Masalan, Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalomning Ammor ibn Yosir, Bilol Habashiy, Salmon Forsiy kabi o'nlab sahobalari musulmon bo'lishgunicha qul edilar. Aynan Islomgina qul ozod qilishni ibodat va gunohlarga kafforat (evaz) darajasiga ko'tardi, ayni shu dingina qulining aybi uchun bir tarsaki tushirgan xojaga bu gunohi evaziga o'sha qulini ozod qilishga buyurdi.
Ammo Islomdan bexabar yoki dahriylik jamiyatlarida asl hurriyatni Allohga bandalik, qullik qilishda emas, inson xohish-istaklariga to'la erk berishda deb tushunishadi. Ular nazdida hatto Allohga itoat, dindorlik, xudojo'ylik shaxs erkini jilovlash, uning hurriyatiga to'siq qo'yish manbalari emish. Vaholanki, jamiyatda boshqaruv nizomi, e'tiqodiy dastur yo'qolsa, insonlar asl fitriy qiyofalarini yo'qotib, hayvonga aylanishgan va alal-oqibat insoniylikdan mahrum bo'lib, halokat sari ketishgan bo'lur edi.
Buni bugungi G'arb olami misolida ko'rish mumkin. Bu jamiyat o'zidagi Parvardigorga itoatgo'ylikni, diniy e'tiqodni yo'qotib, o'rniga «demokratiya», «hurlik», «erkinlik» niqobi ostidagi hayvoniy hirs va nafsiy buzuqliklarni taklif etmoqda. Bu jamiyatda bangivorlik, fohishalik, axloqni nazar-pisand qilmay ko'ngliga yoqqan ishni bemalol qilish (bu ularda «inson huquqlari» deb ataladi) kabi illatlar chinakam hurriyat, insoniy qadriyat emish, bularni hurmat qilish kerak emish. G'arb o'zini inson huquq-erkinliklari, hurriyati homiyi deb, demokratiyani esa chinakam hurriyatga erishishning birdan-bir vositasi deb e'lon qilganiga qaramay, agar yaxshilab mulohaza yuritilsa, aynan ana shularning inson hurriyatiga tajovuz qilayotganiga ishonch hosil qilish mumkin.
G'arb tiqishtirayotgan, majburlayotgan bu demokratiyaning, bu «madaniyat»ning, bu “hurriyat”ni musulmonlar tan olishmaydi. Zarur bo'lsa, chinakam hurriyatni, haqiqiy adolatni, munofiqlikdan xoli demokratiyani ularga Islomning o'zi o'rgatib qo'yadi. Bundan o'n besh asr muqaddam u chinakam hurriyat qanday bo'lishini butun dunyoga ko'rsatib qo'ygan. Oddiy sahroyi arab Islom dunyosining rahbari Muhammad alayhissalom huzurlariga kelib, xohlagan narsasini so'rab, xohlagan iltimosini izhor eta olishi asl hurriyat emasmi? Mo'minlar rahbari Umar ibn Xattob ko'chada ketayotganida bir kampir to'xtatib olib, qattiq tanbeh berganida «Bu mushtipar ayolning arzini Alloh eshitadiyu, Umar eshitmasinmi?» deb hayqirishini hech bir hurlik jamiyati orzu ham qilolmaydi.
Islomdan bexabar yurtlarda kishilarning hurlik, ozodlik haqidagi tushunchalari nihoyatda buzilib ketgan yoki noto'g'ri tushunchalar jamiyat a'zolariga zo'rlab tiqishtirilmoqda. Ularda inson ko'ngliga yoqqan ishni bemalol qila olish, axloq me'yorlarini nazar-pisand qilmaslik, ilohiy nizomlarga bo'ysunmaslik, o'ta xudbinlik va johillik chinakam erkinlik, hurriyat sanaladi. O'zining hamma narsada hur sanaydigan G'arb jamiyatining komillikda va shaxs erkinligini ta'minlashda maqtaladigan qonunlari aslida insonlarni nafs va shaytoniy ishlarda erkinligini ta'minlagan esa-da, asl insoniy huquqlarda ular haqqini hamisha poymol qilib kelgan. Tarixda bunga misollar juda ko'pu, buni birgina “ayollar hurriyati” misolida ham ko'rish mumkin.
Islom va ayol, ayollar «hurriyati va erkinligi» masalasi G'arb hamisha musulmonlarga iddao qiladigan, malomat toshlarini otadigan masalalardan sanaladi. Ammo tarixga xolis nazar tashlaydigan bo'lsak, aksincha musulmonlar g'arbliklarning o'zlarini ayollar huquqini poymol qilishda, ularning hurriyatini bo'g'ishda, xotin-qizlarni xo'rlash va kamsitishda ayblashga haqliroq tuyuladi. Islom dini bundan o'n besh asr muqaddam ayolni oliy martabaga ko'tardi. U butun insoniyat payg'ambari Muhammad alayhissalom tillari bilan «Jannat onalar oyog'i ostidadir», «O'z xotiniga mehr-shafqatli bo'lgan kishilar eng yaxshilaringizdir», deb e'lon qildi. Islomda erkaklarga o'z ayollariga yaxshi, xush muomalada bo'lish, ularni urmaslik, ilm olishiga va dinini o'rganishiga sharoit yaratib berish, taom, kiyim, boshpana va ro'zg'or ashyolari bilan ta'minlash, nikohda mahrini berish kabi ko'plab majburiyatlar yuklangan. Dinimiz hatto urush paytida ham ayollar va bolalarni o'ldirishni man etgan.
Islomda ayollar huquqi quyidagi to'rt tamoyilga asoslangan: birinchidan: Islom ta'limoti ayolga erkakka bergan huquq va vojibotlarni ayolga ham berdi; ikkinchidan: Islom ta'limoti quyidagi o'rinlarda er va ayol huquqlarini teng deb biladi, moliyaviy muomalalarda ayolning o'z moli va boyliklarini tasarruf qilishda ixtiyori o'zidadir, eri yoki otasining aralashuvisiz tijoriy shartnomalarni ixtiyoriy ravishda o'zi tuzishga haqlidir, erkaklar moliyaviy muomalalarda qanday huquqlarga ega bo'lishsa, ayollar ham xuddi shunday huquqlarga egadir; ilm va ma'rifatni o'rganish va talab qilishda ham ayol erkak bilan teng huquqqa ega; din ta'limotlariga rioya qilgan holda joni, sog'lig'i, aqlini saqlash va rivojlantirish, aqli va jismi islohoti bilan bog'liq bo'lgan hamma ishda ayol erkak bilan barobar huquqqa ega; uchinchidan: qiz bola akalari, amakilari yoki boshqa qarindoshlariga og'ir yuk bo'lmasligi uchun Islom ayolga ota-onasidan meros olishida o'g'il merosining yarmi hisobida belgiladi; to'rtinchidan: Islom shariati xotinni er uyidan mas'ul bo'lishida erkak kishi maqomi bilan barobar o'ringa qo'ygan.
Vaholanki, Islomgacha bo'lgan davrda va u yetib bormagan o'lkalarda yaqin-yaqingacha ayolni inson sifatida ko'rishmagan. Yer yuzida ayolga adolat bilan qaraydigan birorta jamiyat yo'q edi. Masalan, qadim Hindistonda ayol turmush qurish, meros olish va boshqa haqlardan mahrum edi, eri o'lganda u marhum eri bilan tiriklayin gulxanda kuydirilardi. Budda o'z e'tiqodiga ergashuvchilarni ayolga qaramaslikka, u bilan suhbatlashmaslikka majbur qilgan. Mesopotamiyadagi shumerlarda eridan ajrashmoqchi bo'lgan ayolni tiriklayin daryoga otishgan. Qadimgi Yunonistonda ham ayol xor va haqir sanalardi, u bozorda olib-sotiladigan mol kabi edi. Yunon madaniyati cho'qqisiga chiqqani sayin ayolning ahvoli og'irlashdi. Ayollar zavq vositasi va shahvatlarni qondiradigan bir ermak holiga keldi. Farzand ko'rish maqsadi yo'qoldi, ayollarni eridan boshqa erkaklarga qo'shish avjga chiqdi. Yunon madaniyati bu axloqsizlik, buzuqlik tufayli tarix sahnasidan tushib ketdi. Qadimgi Rimda ham ayol nochor, baxtsiz edi. Xitoy – Chinda ayol inson sanalmas, hatto ism qo'yishga orlari kelib, «bir, ikki, uch» kabi raqamlar bilan chaqirilardi. Nasroniylik dini ayolni «iflos», «yo'ldan ozdiruvchi», «iblisning quroli» degan sifatlar bilan «ulug'lardi». Ayni nasroniylikdagi rohiblik aqidasi, ya'ni bo'ydoq o'tish fikri ayol haqidagi manfiy qarashlarning natijasi edi. Milodiy 586 yili Fransiyada o'tkazilgan bir anjumanda «Ayol insonmi yoki inson emasmi?» degan masala muhokama qilindi. O'n sakkizinchi asr poyonida Fransiya inqilobi qullikni bekor qilish haqida qonunni qabul qilar ekan, «bundan go'daklar, telbalar, ayollar mustasno», deb qo'shimcha kiritgan. Ayolning mustaqil mulkdorligi huquqini Ovrupa Islomdan o'n uch asr keyin tan olgan.
Islom kelmasidan oldingi johiliyat zamonida Arab jazirasida ham ayolning hech qanday haq-huquqi bo'lmagan. Erkaklar behisob uylanishar, joriyalarini fohishalik qilib pul topishga majburlashar, ayol zoti bilan bir xonada o'tirishmas edi. O'sha paytda Quraysh, Hind kabi qabilalarda qiz bola tug'ilsa, tiriklayin ko'mib yuborishdek qabih bir odat bor edi. Qiz tufayli yo'qsillik kelishi yoki uning oilaga dog' tushirishi, urushda asir tushib nomusi bulg'anishini o'ylab shunday yo'l tutishardi. Nikoh, mulk tasarrufi, axloq sohasida ularning huquqlari paymol etilardi, izzat-nafslari kamsitilardi, inson sifatida xo'rlanardi.
Ayolarni shunday og'ir ahvolga solgan g'ayriislomiy o'lkalar bugunga kelib o'z to'rvalarini Islom yelkasiga ortishga urinishadi. Islomda ayollar huquqi, hurriyati qaysi sohalarda poymol etilayotgani haqida soatlab jo'shib-qaynab bahs yuritishadi. Emishki, Islomda ko'p xotinlilik, ayolning to'rt devor ichiga qamab qo'yilishi, «majburan» hijob o'ratish, unga oilada qulday qaralishi, eriga so'zsiz bo'ysunishi, merosda ular erkaklar ulushining yarmini olishi kabilar ayollarning huquqi, hurriyati, erkinligi buzilayotganidan darak berarmish.
G'arbda ayollar tenghuquqliligi (feminizmi) uchun olib borilgan uzoq kurashlar ayollarga baxt-saodat, hurriyat, oilaviy farog'at o'rniga cheksiz kulfat, baxtiqarolik, onalik saodatidan mosuvolik va xo'rlik olib kelganini bugun hech kim inkor eta olmaydi. Bir vaqtlar asosiy vazifasi uy-ro'zg'or ishlariyu farzand tarbiyasi va erlarini baxtiyor qilishdan iborat bo'lgan ayollar hozirgi zamonda jamiyatning, oilaning barcha tashvish va muammolariga erlari bilan baravar mas'ul, javobgar bo'lib qolishdi.
Sharq ayolining «og'ir qismati», «fojiali hayoti», «to'rt devor ichida qolib ketayotgani» haqida zo'r berib ayyuhannos solayotgan Ovrupodan, G'arbning boshqa o'lkalaridan «Sizlar hurriyatga erishtirgan ayollaringizning ahvoli qalay?» deb so'raydigan mardning o'zi yo'q. Fransiyaning 1789 yilgi inqilobida ayollar hurriyatini talab qilganlar ayol va erkak teng bo'lsin, ayollar iqtisodiy mustaqil bo'lsin va erkin hayot kechirsin, degan masalalarni o'rtaga qo'yishgan edi. O'tgan davr mobaynida G'arb ayollari ana shu huquqlarning hammasiga erishishdi. Ammo onalik va oila farog'atiga moslashgan ayollik fitratiga xilof bu majhul erkinliklar ularni baxtiyor qilolmadi. Saodat va orom-osoyishtalikka eltuvchi fitriy vazifalaridan uzoqlashtirib yubordi. G'arb ayollari jamoat ishlarida qatnashish, uy-oilada, fabrikada ishlash, jamiyat ko'ngilxushliklariga berilish, qahvaxona va bazmlarda qo'shiq aytish va raqs tushish, erlar olqishini olish uchun go'zallik tanlovlari va boshqa ko'ngilochar tadbirlarda qatnashish bilan ayolligidan ajradi, o'zligini yo'qotdi.
Ayollarga “chin hurriyat”ni va'da qilgan g'arb dunyosi ayollarni xo'rlash, haqqini poymol qilishning yangi-yangi usullarini o'ylab topmoqda. Bora-bora ayollar hatto erkaklar ishlashga ko'nmaydigan og'ir, zararli ishlarga jalb qilinadigan bo'ldi. Ovrupa o'lkalarida bir xil ish uchun ayollar olayotgan maosh erkaklarnikidan ancha kam. Hozirga kelib ayol shaxsiyati shunchalik yerga urildiki, endi sarmoyadorlar va zavodchi boylar bozori kasod mollarini o'tkazish, ovoza (reklama) va tashviq qilish uchun ayollarning yuzidan, faqat erlari ko'rishga haqli bo'lgan qomatidan va pinhona go'zalliklaridan keng foydalanmoqda. Iqtisodiy jihatdan mustaqillikka erishgan ayol shunda ham negadir baxtiyor bo'la olmadi. Ayol pul topa boshlagach, moliyaviy jihatdan erkakka qaramlikdan «qutildi», unga bog'lab turgan bir rishta uzildi. Endi jinsiy hayotdan o'zga ularni yaqinlashtirib turgan narsa qolmadi. Ayrimlari esa ana shu so'nggi najot arqonlarini ham shartta kesib tashlab, o'zini «to'la hurriyat», ya'ni fahsh, zino, ko'cha ehtiroslari quchog'iga otdi.
G'arbdagilarning inson hurligi, erki xususidagi fikrlashlarida ko'p uchraydigan xatoliklardan biri shuki, ular erkni Alloh irodasidan, uning Yagona hukmidan ustun turuvchi narsa, deb tushunishadi. Hurlik, ozodlik haqida gapirganlarni Allohning irodasini ko'r-ko'rona amalga oshiruvchi yordamchilariga aylanib qolganlikda ayblamoqchi bo'lishadi. Bular noto'g'ri tushunchalardir. Insonning erki hech qachon Alloh irodasidan ustun bo'lolmaydi. Inson ba'zan Allohga maqbul bo'lmagan biror ishni qilishi mumkin, ammo u aslo Allohning irodasiga qarshi bora olmaydi. Bu yerda inson erki nisbiyligining boshqa jihati ko'rinib turibdi. Gohida Alloh taoloning roziligisiz va shariat qonunlariga qarshi bo'lsa-da, qiladigan barcha amallarimiz ham Uning irodasi bilan bo'ladi. Bizning erkimiz – Yaratuvchining O'z irodasi bilan bizga yuborgan tuhfasi. Biz buni Robbimizdan zo'rlik bilan tortib olmaganmiz. Erkimiz – Uning irodasi, xolos. U: «Sizlar faqat Alloh xohlagan vaqtidagina xohlarsizlar», degan (Inson, 30). Yana bir oyatda: «Agar Parvardigoringiz xohlasa edi, butun Yer yuzidagi barcha kishilar iymon keltirgan bo'lur edilar. Axir siz odamlarni mo'min bo'lishga majbur qilurmisiz?» deyilgan (Yunus, 99). Alloh hech kimni kuch bilan iymonga kelishga majburlamaydi, zo'rlamaydi. Shuning uchun ham Alloh taolo O'z rasuliga: «Ularni hidoyatga boshlash sizning zimmangizda emas, balki, Alloh istagan kishilarni hidoyat qiladi», deydi (Baqara, 272).
Taqdir va azaliyotni yuqoridan insonlarga majburlab belgilab berilgan narsa, deb tushunmaslik kerak. Alloh taolo har bir kishining taqdirini uning ruhiy intilishlari, aqliy imkoniyatlariga bog'liq holda belgilab bergan. Alloh har bir kishining mashg'uloti, intilishlaridan qat'i nazar, uning o'z rejalarini amalga oshirishini istaydi. Alloh taolo insonga u aniq tanlagan narsasini beradi, chunki Alloh har bir kishi uchun u sevgan va intilajak narsasini tanlab beradi. Qur'oni karimda bunday deyilgan: «Kim (o'z amali bilan) oxirat ekinini (ya'ni savobini) istar ekan, Biz unga ekinini (ng hosilini) mo'l-ko'l qilurmiz. Kim dunyo ekinini istar ekan, Biz unga o'shandan (dunyo matolaridan) berurmiz va uning uchun oxiratda biror nasiba bo'lmas!» (Sho'ro, 20).
Inson erki – doimiy bo'lmagan nisbiy tushunchadir, u vaziyatga qarab o'zgarib turishi mumkin. Inson bilim vositasida, ya'ni mehnat kurslarini, harakat vositalarini, aloqani ixtiro qilish yordamida o'z erki sarhadlarini kengaytirishi mumkin. U masofani qisqartirishi, zamon va makondagi to'siqlarni yenga olishi mumkin. Atrof-muhitni o'rganar ekan, inson unga xo'jayinlik qilishi va undan foydalanishi mumkin. Odamlar issiqni, sovuqni, zulmatni yengishni, baland cho'qqilarni zabt etishni o'rgandilar va bu bilan o'z erklarining harakat doirasini kengaytirdilar.
Ilm zanjirlardan xalos bo'lish yo'li, ozodlikka yo'l ochish imkoniyatidir. Lekin ozodlik sarhadlarini kengaytirishning asosiy vositasi – iymonga kelishdir. Alloh taologa yaqinlashish tufayligina kishilar ko'proq erkinlikka chiqadilar. Undan mag'firat va najot oladilar. Abu Homid G'azzoliy inson taqdiri muammosini ikki jumla bilan bayon etib bergan: «Inson o'z bilganlari sohasida erkindir, bilmaydiganlari sohasida erksizdir». Bundan kelib chiqadiki, inson har safar o'z bilimlarini kengaytirarkan, bu bilan o'z erki sarhadlarini ham kengaytiradi. Bu erkinlik qay yo'sinda bo'lmasin, baribir Alloh taolo tomonidan berilgandir. Bundan xulosa shuki, chinakamiga hur, ozod bo'lishni istagan banda faqat Allohga bandalik qilish orqaligina bunga erisha oladi.
Muallif Ahmad MUHAMMAD
- 3894
Ahmad Muhammad Tursun Yozuvchi 02 Iyun 2023
Maqtov (madh)
Maqtov kimsalarning qilgan ishlari yoki fe'llarini til bilan boshqalarga bildirishdir. Aslida barcha maqtov Alloh taologa xosdir va Uning Payg'ambariga (sollallohu alayhi va sallam) munosibdir. Shuning uchun doimo Allohga hamd-sanolar aytamiz. Shu bois, sahobalardan Abbos, Hasson, Ka'b va boshqalar Rasulullohni maqtab she'rlar yozishgan. Maqtovga loyiq kishilarni maqtash jamiyatda fazilat va komillik ortishiga sabab bo'lgani uchun shariatimiz bundan qaytarmaydi. Shuning uchun mubolag'a va yolg'on so'zlardan saqlangan holda kishida bor bo'lgan sifatlar bilangina maqtash joiz. Lekin maqtovga loyiq bo'lmagan kimsalarni, kishining mansabi, boyligi yo obro'-shuhrati uchun maqtash haqiqat va axloqqa zid bo'lgani uchun yomon ish sanaladi.
Kishini yuziga maqtashning foydasi ham, xatari ham bor: agar maqtalayotgan kishi komil imonli, ishonchli, riyozatli, ma'rifatli bo'lsa va maqtovdan fitnalanmasa yoki g'ururga ketmasa, maqtov harom ham, makruh ham bo'lmaydi. Aksincha bo'lsa, kishini yuziga maqtash qattiq makruh bo'ladi.
Abu Muso Ash'ariydan (roziyallohu anhu) rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bir kishini ko'klarga ko'tarib maqtashayotganini eshitib: "Uni halok qildinglar-ku!" (yoki belini sindirdinglar), deganlar (Imom Buxoriy va Muslim rivoyati).
Maqtovchi (maddoh) biror mansab yoki manfaat ilinjida odamlarni yuziga maqtovchi, asli yo'q, haqiqatga zid va botil narsalarni targ'ib qiluvchidir. Hadisda kelishicha, bir kishi Usmonni (roziyallohu anhu) maqtaganida sahoba Miqdod ibn Asvad (roziyallohu anhu) uning yuziga tuproq sochib yuborgan. Usmon: "Bu nima qilganingiz?" deb so'raganida, Miqdod bunday degan: "Rasuli akram "Agar maddohlarni (maqtovchilarni) ko'rsangiz, yuziga tuproq sochinglar", deganlarini eshitganman" (Imom Muslim rivoyati). Ayrim ulamolar "yuzga tuproq sochish"ni "maddohning ovozini o'chirish" deb sharhlashgan.
Sunnatga ko'ra, agar bir kishini maqtashga to'g'ri kelib qolsa, "u shunday fazilatlarga ega bo'lsa kerak, deb o'ylayman, agar u shu sifatlarga ega bo'lsa, "uning kifoyachisi Allohdir, Alloh oldida biror kishi aybsiz emas" deyish kerak.
Odamlar darajalariga qarab maqtovni turlicha qabul qilishadi. Avom kishilar maqtovdan yayrab, xursand bo'lishadi, maddoh aytayotgan fazilatlar o'zlarida mavjudligidan faxrlanib, kibrlanishadi, maqtovchini o'zlariga do'st tutishadi. Obidlar maqtovni eshitib, undan iloji boricha qochishadi, u egallab qolmasligi uchun qalblarini ihotalab olishadi. Oriflar esa bunday hollarda "agar Alloh ayblarimni berkitmaganida odamlar faqat fazilatlarimni ko'rib, meni maqtashmasdi, demak, bu maqtovlar Allohga tegishlidir" deb fikrlaydi va barcha maqtovlarni Parvardigoriga havola etadi.
Abulqosim az-Zamaxshariy: "O'zi sazovor bo'lmagan hamdu sano va maqtovlarni talab qilish uyatsiz, telba odamlarning odatlaridandir", degan. Qayyum Nosiriy aytibdi: "Birov seni o'zingda yo'q sifatlar bilan madh etsa, unday odamga ishonma. Chunki u senda yo'q yomon sifatlar bilan boshqa yerda seni yomonlashga qodir".
Fosiq va bid'atchini maqtash, madhda haqiqatni aytmay riyo va yolg'on qo'shish, maqtalgan kishi bundan kibr yo g'ururga ketishi, maqtov orqali biror manfaatni ko'zlash dinimizda qoralangandir. Agar maqtov bu xususiyatlardan xoli bo'lsa, maqtash ham, maqtovga rozi bo'lish ham mumkin.
Maqtovning aksi zam (yomonlash), ya'ni bir kishiga nisbatan yomon so'zlar gapirish, holatini fosh etishdir. Har qanday insonni nohaq yomonlash haromdir.
Muallif Ahmad MUHAMMAD
- 4698
Ahmad Muhammad Tursun Yozuvchi 02 Iyun 2023
Kimligingizni bilib oling!
Odamzod yaratilishiga ko'ra qo'rqoqdir. Yangi tug'ilgan chaqaloqdan tortib qartaygan qariyagacha –hammani qo'rquv umr bo'yi taqib etadi. Chaqaloq qo'rquv yig'isi bilan dunyoga keladi. Keyinroq onasini yo'qotib qo'yish, och qolish, vahimali shovqin-suronlar, yiqilib tushish kabi narsalar uni vahimaga soladi. Esini tanigach, kattalarning do'q-kaltaklari, chaqmoq-momaqaldiroq va tabiat hodisalari, yirtqich hayvonlar, jin-alvasti haqidagi gaplar, aldov va zo'ravonlik kabilar qo'rquvga sola boshlaydi. Yigitlikning ham o'z qo'rquv o'choqlari bor: hayotda o'rnini topolmaslik, imtihondan yiqilish, sevgisining rad etilishi, munosib ish yo'qligi va hokazolar. Hatto katta yoshdagilar ham qo'rquv tato'lqinqibidan omonda bo'lishmaydi. Ularni ham bir umrga turli kasalliklar, omadsizlik, amaldan ketish, dushmanlar xusumati, bolalarining noqobil chiqishi, do'stlar hiyonati, qonunni buzib qo'yish, turli falokat va ofatlar, boshliqlar zug'umi, qashshoqlik, el-yurtda sharmanda bo'lish, barvaqt karish va o'lim kabi holatlar dahshatga solaveradi.
Ayniqsa el-yurtda gap-so'zga qolishdan, odamlar malomatidan qo'rquv insonning farog'atini, oromini o'g'irlaydi, uni mashaqqatlarga, turli gunoh ishlarga, vijdoniga xilof ish tutishga ro'baro' qiladi. «Xalq nima derkin, odamlar malomat qilmasmikin, mahallada, qarindoshlar orasida sharmanda bo'lib qolmasmikanman» qabilidagi qo'rquv tufayli o'zining eto'lqintiqodiga qarshi boradi. Buyurilmagan ishlarni qilishga majbur bo'ladi. El orasida mashhur-baobro' odamlarning gapidan, malomatidan qo'rqib to'y-marosimlarni katta qiladi. Yo'q yerdagi bidto'lqinat ishlarga, xurofotlarga qo'l uradi. Nopok fosiq kishilar bilan yaqinlashadi. Ana shu qo'rquv tufayli goho inson bor-budidan ajraydi. Hayoti izdan chiqadi. Eto'lqintiqod-iymonidan chekinadi.
Qo'rqqan odamning irodasi sust, shijoati bo'sh bo'ladi. U qo'rqoqlik orqasidan yolg'on gapirishi, soxta guvohlikka o'tishi, oilasiga, xalqiga, diniga, eto'lqintiqodiga xiyonat qilishi, subutsiz va irodasiz kimsaga aylanishi mumkin. Qo'rquv tufayli u bundan ham og'ir jinoyatlarga qo'l uradi. Hatto o'z joniga qasd qilishgacha boradi. Bejizga Sulaymon alayhissalom «Qo'rquvni his etmayin desang, judayam haqiqatgo'y va o'ta donishmand bo'lmagin», demaganlar.
Endi bir tasavvur qilib qo'ring: bola otasidan qo'rqib qaerda, nima bilan mashg'ul bo'lganini yashiradi, yolg'on gapiradi. Demak, shu kundan uning tarbiyasiga rahna yetdi. Ayol erining zug'umidan qo'rqib, uni aldashga, bahona-sabablar qidirishga o'tadi. Demak, shu damdan boshlab oilani ishonch, totuvlik, hayo tark etadi. Kichik rahbar katta rahbardan qo'rqqani tufayli o'lda-jo'lda qolgan rejani bajarildi, deb mato'lqinlumot berib yuboradi. Demak, o'sha korxonaning iqtisodi zarar ko'chasiga yo'l oldi. Bir qarashda beozorgina boshlangan ana shunday qo'rquv «tuqqan» aldov-yolg'onlar to'planib-yig'ilib oxiri ulkan bir yolg'on tog'iga aylanadi. Bir-ikki qo'rqoqning yolg'on-hiylalari to'planib, butun jamiyat tanazzuliga sababchi bo'lib qoladi. Davlatlarning yolg'onlari o'sib-ko'payib, insoniyat tarixini bulg'aydigan urush-ixtiloflar, vayronagarchilik-inqirozlarni keltirib chiqaradi.
Qo'rqoqlik pastkashlik va turli yomonliklarni tug'diradi. Ko'pgina gunoh va qabihliklarning boshi, asosiy sababchisi ham qo'rquvdir. U behayolik, yolg'onchilik kabi iymonni zaiflashtiradigan og'ir ruhiy xastalikdir. O'ta qo'rqoqlik esa kishini iymonsizlik va kufrgacha olib borishi mumkin.
Odamlarning gap qilishidan, malomatidan qo'rquv orqasida o'g'il-qiziga katta, dabdabali to'ylar qilib, bor-budidan ajragan, necha kunlar «qozonini suvga tashlab qo'ygan» oilalarni bilamiz. Bato'lqinzilari qarzga botib, to'ydan keyinoq boshqa o'lkalarga pul ishlagani ketishyapti. Vatanidan, ahli-ayoli va yaqinlaridan uzoqda, begona yurtlarda xorlik va xo'rlik tortib yurishga ularni odamlarning gap-so'zi, malomati, «boshqalar nima derkin, o'zgalar kulmasmikin», degan bemato'lqinni istiholalar majburlamayaptimi? Yoki «men sendan kam emasman, nega qo'shnim yoki qarindoshim qilganni men qilolmas ekanman», degan soxta obro' orttirish ilinji shu ko'yga solmayaptimi? Bunday holatlar boshga kelib qolsa, «ko'rpaga qarab oyoq uzatish», cho'ntakdagi pulga, shaxsiy imkoniyatlarga qarab ish tutish osonroq emasmikin?
Nega odamlarning, ayniqsa begonalarning gap-so'zidan, malomatidan qo'rqasiz? Pulni o'zingizni ming ko'yga solib, qiynalib topgan bo'lsangiz. Farzand ham sizniki, to'y ham sizniki, ishlaringizga aralashishga boshqalarning nima haqqi bor? O'sha «xolis» maslahat berayotganlar balki sizga hasadlari kuchliligidan, ehtimol dushmanlikdan yoki boshqa bir g'araz bilan shunday yo'l ko'rsatayotgandir?! Balki o'zlari qilolmagan ishni sizga yuklab qo'yib, qiyin ahvolga tushishingizdan bir «maza» qilmoqchidir? Axir bir kunlik to'y o'tadi-ketadi, o'g'il-qizingiz keyinchalik ahil, baxtli yashab ketsa bo'ldi-ku! Yoki to'yni katta, serhasham qilmasa ular baxtli bo'lolmaydimi?
To'ydan keyingi va aza-motam bilan bog'liq marosimlarni-ku, aytmay qo'yaqolaylik: urfda ham, dinda ham bo'lmagan bu marosimlarni, odatlarni qilaman, deb qancha odam bor-budidan ajrayapti, turmushidan fayz, hayotidan orom-halovat ketyapti. Hamma bu ishlarning xatoligini, foydasizligini ko'rib-bilib turadi, har davrada bu haqda kuyib-pishib gapiriladi, ammo ahvol hech o'zgarmaydi. Odamlar o'zlariga o'xshash odamlarning gapidan, malomatidan qo'rqib o'zini qiynayveradi, xotirjamligidan ajrayveradi, hayotini g'urbatga, azobga aylantiraveradi.
Yana ko'pchilikning oromini o'g'irlaydigan, xotirjamligini tortib oladigan bir yomon illat borki, bu o'z mavqeini, o'rnini, maqomini bilmaslikdir. Bilganda ham havoyi nafsining aytganini qilib, o'jarlarcha buni tan olmaslikdir. Aytaylik, men oddiy bir ishchiman, dehqonman yoxud hunarmandman. Qo'shnim, qarindoshim esa katta vazifada ishlaydi yoki rosa boyib ketgan bir tijoratchi. Nima, men ham ularga taqlid qilib, uyimni uch qavatli qilishim, «Mersedes» avtomobili sotib olishim, to'yimga minglab odamlarni chorlashim kerakmi? Yoki o'g'limni Angliyagami, Amerikagami o'qishga yuborishim zarurmi?
Aslo yo'q! Alloh bir kishining «zuvalasini katta kesib», unga rizqni mo'l berib qo'ygan. Boshqa birovga esa sal mundayroq, yana kimnidir hamma narsadan qisib, faqir qilib qo'ygan. Agar Yaratganning ana shu o'lchov-irodasiga rozi bo'lmas ekansiz, belgilagan taqdiriga ko'nmas ekansiz, Unga isyon qilgan, amridan chekingan bo'lasiz. Siz o'sha qo'shni yoki qarindoshga taqlid qilib, ularga o'xshab hayot kechirishni orzulagan bo'lsangiz, bundan faqat jabr ko'rasiz, o'zingizni behuda qiynaysiz. El-yurtda sharmanda bo'lib, odamlarning kulgi-masxarasiga qolasiz.
Ko'pincha shayton bunday xuruj qilib qoladi: «Sening falonchidan qaering kam, u ham oliy mato'lqinlumotli, sen ham, u ham oilali, sen ham, ammo u shohona yashayapti, sening uyingda esa sichqonlar aza tutib yotishibdi». Yoki siz endigina fan nomzodi bo'lganingizda iqtidorli bir sobiq kursdoshingiz doktorlikni yoqladi, endi akademiyaga saylanmoqchi. Yoxud ukangiz sizdan to'kinroq yashaydi, qo'lini qaerga uzatsa yetadi. Yo qo'shningizning to'rt muchasi sog', sizning esa qandaydir jismoniy kamchiligingiz bor.
Ana shunday holatlarda agar aqlingizni topmasangiz, o'rningiz, maqomingizni yaxshi anglab olmasangiz, hayotingiz butunlay zulmatga, uqubatga aylanadi. Yashashdan ham, odamlar bilan munosabatdan ham sovib ketasiz. Irodasi bo'shroq odam bo'lsa tushkunlikka tushib, hatto o'z joniga qasd qilishgacha borishi mumkin.
Vaholanki, bularning hammasi hech narsaga arzimaydigan vasvasalardir. Tanishingiz yoki yaqiningiz boylikdami, mansabdami, obro'dami, husndami sizdan ustunroq bo'lsa, nima qipti? Siz o'zingizdan pastroqqa, sizdan ham nochorroq kishilar borligiga qarang. Atrofingizda qanchalab kambag'allar, oddiy odamlar, muhtojlar, xunuklar hayotidan nolimay yashab yurganiga eto'lqintibor qarating.
Alloh sizni, ularni va hammani shunday qilib yaratgan, Uning xohish-irodasi shunday bo'lgan. Siz hadeb o'z ahvolingizdan shikoyatlar qilish, turmushingizdan, martabangizdan nolish o'rniga dunyoning qaeridadir bo'layotgan urushlarda begunoh odamlarning o'lib ketayotganini, yarador bo'layotganini, yaqinlaridan ajrayotganini ko'z oldingizga keltiring. Yoki yana qaydadir bir burda nonga zor, boshpanasi yo'qligidan ko'chada tunaydigan xor odamlar borligi haqida ham bir o'ylab ko'ring. Yoxud bir mahalladoshingiz ko'p yillardan buyon bemorlik to'shagida qimirlamay osmonga tikilib yotganini bir eslab qo'ying. Ana shunda kimlarningdir nazarida sizdan baxtli odam yo'qligi, kimlarningdir ham sizga havas qilishlari, kimlar uchundir siz komil inson timsoli ekaningiz ayon bo'ladi-qoladi.
Tanangizning sog' bo'lishi, yurtingizning tinchligi, yetarli ozuqa va kiyimlarning borligi, havo va suvning mavjudligi, qo'yingki, butun dunyo sizning qo'lingizdayu, uni his qilmayapsiz. Hayotga egasiz-da, uni bilmayapsiz. «Alloh osmonlar va yerdagi barcha narsalarni sizga bo'ysundirib qo'yganini va sizga barcha zohiriy va botiniy (yato'lqinni, moddiy va mato'lqinnaviy) neto'lqinmatlarini komil qilib berganini» ko'rmayapsiz. Ikki ko'zingizning, tilingiz, ikki labingiz, ikki qo'l va ikki oyog'ingizning mujassamligi eng katta davlatingiz emasmi?
Endi bir o'ylab ko'ring-chi, kesilgan oyoq bilan yurish oson ishmi? Boldiringiz olib tashlangan bo'lsa, unga suyanishning iloji bormi? Og'riq o'rab turganida ko'zingizni yumib uxlay olarmidingiz? Yoki xasta qorningizga ishtaha tusab turgan ovqatni yoki sovuq suvni kirita olarmidingiz? Shunday kishilar borki, ovqat vujudini qaqshatib, ichgan suvi zaharlab, uni kasalga mubtalo qilgan.
Qulog'ingiz haqida fikr yuriting, chunki karlikdan omonda etildingiz. Ko'zingiz haqida o'ylang, chunki ko'rlikdan omonda qilindingiz. Teringiz to'g'risida fikr aylang, chunki peslik va movoxlikdan najot topdingiz. Aqlingizga nazar soling, chunki aqlingiz yetarli bo'lgani uchun jinnilik va dovdirlikka chalinmadingiz.
Faraz qiling: bitta ko'zingizni Chotqol tog'idek oltinga alishtirarmidingiz? Yoki qulog'ingizni Pomir tog'i vaznicha kumush evaziga sotishga ko'narmidingiz? Tilingizning soqov bo'lishi evaziga podshohlar qasrini sotib olishni xohlarmidingiz? Qo'lingiz kesilishi evaziga gavhar va yoqutlarga ega bo'lishni istarmidingiz?
O'zi aslida eng afzal neto'lqinmatlar ichidasiz, lekin o'zingiz bilmaysiz. Shuning uchun g'am-g'ussa, xafa va tushkunlikda yashaysiz. Oldingizda issiq noningiz, sovuq suvingiz, tinch uyqungiz, uzun ofiyat tursa-da, yo'qotgan narsalaringiz haqida bosh qotirasiz. Boriga shukr qilmaysiz. Moliyaviy zarardan bezovta bo'lasiz. Aslida sizga saodat kaliti, behisob yaxshilik, iqtidor, neto'lqinmat va boshqa ezgu narsalar berib qo'yilgani haqida jinday tafakkur qilmaysiz.
Tanlay ola bilish qobiliyati ham xotirjamlik asosidir. Odamzod yaratilganidan buyon uning jismida mavjud bo'lgan so'zlash, xayol, sezish quvvatlari kabi tanlash quvvati yordamida inson boshqalardagi go'zal va xunuk xislatlar, muhim va zararli ishlarning yaxshi-yomonini ajrata oladi. Abu Nasr Forobiy yozganiday: «Tanlab olish xosiyati yordamida inson biror narsani istaydi yoki undan qochadi, unga beriladi yoxud undan jirkanadi, undan tato'lqinsirlanadi yoki tortinadi. Buning natijasida nafrat va muhabbat, do'stlik va dushmanlik, qo'rqinch qa jasurlik, g'azab va rozilik, shahvat va minnatdorlik his-tuyg'ulari paydo bo'ladi».
Bekorchilik yoki sevmagan mashg'ulotni qilish, o'zgalarning minnatli ehsonlariga ko'z tikib yashash, o'zingizga yoki insoniyatga foyda keltirmaydigan ishlar bilan shug'ullanish ham hayotingizning maromini buzadigan, turmushingizdan fayz va lazzatni olib qo'yadigan eng yomon illatlardandir. Bekorchilar barchaning nazaridan qolgan va hammaning eto'lqintiroziga sabab bo'luvchi kishilardir. Chunki ularning irodasi bo'sh, o'zlari esa achinishga loyiq bebaxt kishilardir.
Insonning eng tuban va xatarli holatlaridan biri uning bekorchi bo'lib qolishidir. Bunday inson ikki tarafiga qalqa-qalqa pastlikka shitob bilan tushib borayotgan haydovchisiz mashinaga o'xshaydi. Agar bekorchi bo'lib qolar ekansiz, o'zingizni g'am-anduh va qo'rqinchlar girdobiga tayyorlayvering. Chunki bekorchilik sizga o'tgan, hozirgi va kelajak hayotdagi barcha past-balandliklar, ozor-o'kinchlar haqidagi mato'lqinlumotlar daftarchasini olib keladi. Miyangizga bir-biridan vahimali tashvishlarni, g'am-tashvishga qorishgan o'y-fikrlarni to'ldirib tashlaydi hamda sizni besaranjomlik va g'urbat changalzorlariga kiritib yuboradi.
Donolarning nasihati shuki, o'sha tagi yo'q, po'k narsalar o'rniga samara beradigan foydali ishlar bilan shug'ullaning. Chunki bekorchilik maxfiy o'lim va tinchlantiruvchi kapsula bilan o'z joniga qasd qilishdan boshqa narsa emas. Bekorchilik xuddi Xitoy qamoqxonalarida mahbuslarga nisbatan qo'llaniladigan tomchi suv bilan jazolash vositasiga o'xshatiladi. Ularda mahbus ustiga har daqiqada bir tomchidan suv tushiradigan jo'mrak o'rnatiladi va u o'sha tomchi qachon tushar ekan, deb kutish asnosida u jinnilikka mubtalo bo'ladi.
Shunday bo'lgach, hoziroq o'rningizdan turing-da, biror foydali yumushni qo'lga oling. Kitob mutolaa qiling yoki biror narsa yozing, hech bo'lmaganda yozuv stolingizni tartibga soling yoki uyingizning kam-ko'stini tuzating. Xullasi boshqalarga manfaati yetadigan nima ish bo'lsa o'shani qiling, faqat hayotingizda bo'sh vaqtga o'rin qolmasin. Kuningizga mazmun kirsin.
Bekorchilikni ish pichog'i bilan bo'g'izlab tashlang, shunda dunyo shifokorlari sizga ellik foiz baxt-saodat kafolatini berishadi. Dehqonlar, novvoylar, quruvchilarning qushlarga o'xshab o'zlarining rohat-farog'atda, baxtli ekanlari haqida tinmay kuylab yurishganiga eto'lqintiboringizni qarating. To'shak ustida ko'z yoshlaringizni arta-arta iztirob chekishdan to'xtang. Shundagina qalb xotirjamligini qo'lga kiritasiz, ikki dunyo saodatiga erishasiz!
«O'kinma» kitobida yozilishicha, boshqalarning shaxsiyatiga o'xshab olish ham doimiy azobdir. Ko'pchilik bu narsani unutib qo'yadi va ovozini, harakatlarini, qiliqlarini, so'zlarini, iqtidorini, qo'ying-chi barcha holatlarini boshqalarnikiga o'xshatishga, hech bo'lmaganda o'zganikiga yaqinlashtirishga intiladi.
Bu narsa insonning o'z zoti, tabiatiga bo'lgan takallufi, maqtanchoqligi va taqlidbozligidan boshqa narsa emas. Odamzodning atigi ikki nafari ko'rinishda, xilqatda, feto'lqinl-atvorda hech qachon bir xil bo'lmaydiyu nima uchun iqtidor va axloqda bir bo'lsin? Siz tamoman boshqa bir shaxssiz! Tarixda sizga o'xshashi aslo bo'lmagan va bo'lmaydi ham. Atrofingizdagi hamma odamdan boshqachasiz.
Qandoq yaratilgan bo'lsangiz, o'shandoq yashashga intiling. Ovozingizni, gapirish ohangingizni, yurish-turishingizni o'zgartirmang. Sizning faqat o'zingizga xos idrok qilish xususiyatingiz bor, faqat o'zingizga xos rangingiz mavjud. Atrofingizdagilar sizni o'sha idrokingiz va rangingiz holatida ko'rishni istashadi. Odamlar tabiatiga ko'ra xuddi nabotot olamiga o'xshashadi. Shirini ham bor, nordoni ham bor, uzuni ham bor, kaltasi ham. Agar olma bo'lsangiz, behiga aylanib olishingizdan nima mato'lqinno bor? Axir aynan olma bo'lganingiz uchun chiroyli, qimmatli, eto'lqintiborga loyiqsiz.
Muallif Ahmad MUHAMMAD
- 3195
Ahmad Muhammad Tursun Yozuvchi 02 Iyun 2023
Ixtiloflar yechimi – mo''tadillikda!
Siz balog'at yoshidasiz. Fitratingizga ko'ra musulmonsiz. Ehtimol, otangiz yoki onangiz ibodat qilishmas, namoz o'qishmas, ro'za tutishmas?! Lekin sizning qalbingizga toza bir e'tiqod yo'l topgan. Alloh taolo hidoyatini sizdan darig' tutmagan. Namozlarni iloji boricha masjidda, jamoat bilan ado etishga harakat qilasiz. Ramazon oyi ro'zasini qoldirmay tutasiz. Islomning boshqa arkonlarini sidqidildan bajarasiz. Iymoningiz butun, ixlosingiz ulug'. Har bir ishda, har bir amalda Alloh taoloning rizosini topishga intilasiz. Siz chin musulmonsiz! Siz bu bilan faxrlanishingiz, quvonishingiz kerak. Sizni musulmon etib yaratgani, ibodatlarga qoyim qilgani uchun Alloh taologa behisob hamd-shukronalar aytishingiz lozim!
Chunki dunyo hayotida musulmon bo'lishdan, Allohni tanishdan, Uning rizosiga musharraf bo'lishdan ortiq sharaf, martaba, maqom yo'q! Chunki siz Allohning O'z habibi, so'nggi nabiyi, suyumli rasuli Muhammad alayhissalom orqali nozil qilgan Haq diniga, qiyomatgacha amalda bo'ladigan oxirgi dinga e'tiqod qilayotganingiz bilan ikki dunyo saodatiga erishgan baxtli insonlardan birisiz! Siz Yer yuzini istiqomat tutgan bir yarim milliardli ulkan Islom jamoasining hamma jihatdan teng, hur, ajralmas bir a'zosisiz!
Ammo hozirgi zamonda dunyoda sodir bo'layotgan ko'pgina voqea-hodisalar, tartib-qoidalar barcha musulmonlar qatori sizga ham tushunarsizday tuyuladi. Aholisining katta qismi musulmon bo'lgan xorijiy o'lkalarda musulmonlar har qadamda kamsitilayotgani ham sizga tanish hol. Ko'cha-ko'yda, o'quv yurtlarida, jamoat joylarida qizlar boldirlarini, ko'kraklarini namoyish qilib, yarim yalang'och yursa hech kim ularning mushugini «pisht» demaydi, lekin bir muslima qiz Allohdan qo'rqib o'qishga, ishga ro'mol o'rab kelsa, hammaning baravariga dod-voy solishi, vahimaga tushishi ham tushunarsiz. Go'sht xarid qilish uchun do'kon yoki rastalarni aylangan musulmonning islomiy yurtda qo'y-mol go'shti bilan birga Alloh harom qilgan cho'chqa go'shti, xamr ham bemalol sotilayotganidan yana bir marta xunobi oshadi.
Bu kabi asabga tegadigan, nafrat qo'ziydigan, jahlni chiqaradigan holat-voqealarga barcha mamlakatlardagi musulmonlar hayotda ko'p marta to'qnash kelishadi. Aholisining asosiy qismi musulmon diyorlarda nega ularning huquq-manfaatlari har qadamda poymol etilayotgani siz kabi boshqalarga ham tushunarsiz. Masalan, minglab nomda gazeta-jurnal chop etilayotgan o'lkalarda musulmonlar hissasiga bir-ikkitadan nashr to'g'ri keladi, xolos. Radio-televidenie erta tongdan yarim tungacha tanaffussiz ishlaydiyu, ammo musulmonlarga atalgan eshittirish-ko'rsatuvlarga haftada bir-ikki marta vaqt ajratiladi, xolos. Musulmon yurtda o'nlab g'arblik missionerlar turli niqob-bahonalar bilan buzuq mazhab va oqimlarining aqidasini bemalol yoshlarga targ'ib qilib, adabiyotlarini tarqatib yursa mumkinu, ammo bir musulmon yigit birodarini, yaqin qarindoshini namoz o'qishga, islomiy ilmlarni egallashga chaqirsa, «aqidaparast», «zo'ravon»ga aylanadi. Yonginasida yashaydigan bir aroqxo'rning har qanday xurmacha qilig'iga mahalladoshlari ko'z yumib chidashadiyu, ammo bir musulmon yigiti bilib-bilmay biror xatoga yo'l qo'ysa kifoya, hamma qo'lini bigiz qilib, «bu kishi yana namozxon emishlar», deya uni ayblashga tushadi.
Bular hayotdagi mayda-chuyda kelishmovchiliklar. Dunyo miqyosida olib qarasangiz ham ko'pgina yerlarda musulmonlar kamsitilayotgani, haq-huquqlari poymol etilayotgani, izzat-nafsi xo'rlanayotgani, tuhmat-ig'volarga uchrayotganiga shohid bo'lasiz. G'arb siyosatdonlari esa har bir qulay fursatdan Islomga qarshi kurashda foydalanib qolishga urinadi.
Oshkoralik masalasida ham ahvol bundan o'zgacha emas. Ingliz olimi Timoti Uinterning yozishicha, «Devid Kresh o'zining umumiy me'yorlaridan chetga chiquvchi Tavrotga oid xabarini... «Qiyomat ranchosi»dan efirga uzatishi mumkin. Ammo biror bebosh islomiy guruh Qohirada shved sayyohlariga bomba hujumini uyushtirsa, o'sha paytning o'zidayoq butun dunyoga «jangari musulmonlar» haqida go'ng sochiladi» (yuqoridagi asar, 272-bet).
Jahonning qaeridadir portlash yoki qotillik sodir bo'lsa, musulmonlarning yuragi po'killaydigan bo'lib qolgan. Chunki shovvoz muxbirlar hali voqea joyiga yetib bormay, nima bo'lganini anglamay turib, darrov «musulmonlarni, ya'ni Islom jangarilari va terrorchilari»ni ayblashga o'rganib qolishgan. Chunki ana shu fitnalarni uyushtirayotgan, bu bilan Islomni, musulmonlarni dunyoda yomonotliq qilishni mo'ljallagan «akalari» voqeadan oldinroq ularga yetarli «ko'rsatma»ni berib ulgurishgan.
Musulmonlarga nisbatan olib borilayotgan bu kamsitish, xo'rlash siyosati hamma davrlarda, barcha mustamlakachilar tomonidan bir loyiha, qolip asosida olib borilgan va borilyapti. Dalillarga murojaat qilaylik: o'tgan asrning o'rtalarida farang mustamlakachilari Jazoirda bir million musulmonning yostig'ini quritdi. Hatto arab maktablarida o'quvchilarning o'z ona tillarida ta'lim olishi taqiqlangan edi. Oran shahrida olti asrli tarixga ega bo'lgan va noyob obida hisoblangan jome' masjidi temir yo'l shohbekatiga aylantirildi.
Sovet tuzumi paytida Rusiyaning o'zida 12 ming masjid yopib tashlandi. Musulmon respublikalarida nomigagina bir necha masjid omon qoldi, qolganlari cho'chqaxonaga, sharob korxonalari yoki omborlariga aylantirildi. Diniy kitoblar batamom yo'qotildi, ruhoniylar qamaldi yoki ta'qibga olindi. Bunday misollarni xohlagan G'arb davlatining musulmonlarga nisbatan tutgan yo'li misolida ko'rish mumkin.
Masalan, O'rta Osiyoni istilo qilib turgan rus hukmdorlari ham xuddi shunday fikrda bo'lishgan, xuddi shunday yo'l tutishgan. Turkistonning birinchi general gubernatori fon Kaufman: «Musulmon dini mavjudligiga toqat qilinadi, ammo uning rivoji rag'batlantirilmaydi. Islom yashab ketishi uchun zarur shart-sharoitidan mahrum bo'lib qoladigan vaqt ham keladi». («Turon tarixi» jurnali, 1993 yil, 2-son).
Yana shu zolimning mana bunday degani ham tarixda qolgan: «Bu xalqqa (turkistonliklarga) iloji boricha, mumkin qadar ko'proq paxta ektirish, ularni tinimsiz ishlashga majbur etish kerak, toki bu xalqning boshqa narsalarni o'ylashga, siyosiy voqealarni anglab yetishga bir zum ham vaqti va xohishi qolmasin» (Majid Hasaniy, «Yurt bo'ynidagi qilich», Toshkent, 1997 yil).
Rusiya maorif namoyandasi va missioneri P. Ilinskiy esa bunday degan: «Rusiyadagi musulmon xalqlarga birorta ham ijtimoiy-siyosiy huquq bermaslik kerak». (Majid Hasaniyning yuqoridagi kitobi).
Ana shunday nohaqlik va adolatsizliklar har qanday musulmonni nafratlantiradi, g'azabini qo'zg'aydi, qalbida muxoliflariga nisbatan ranj-alam paydo qiladi. Nafrat-alamlar, haqsizliklar oldidagi chorasizlik, ilojsizlik, xo'rlik bora-bora isyonga, radikal kayfiyatlarga, qasos olish uchun harakatlar boshlashga olib boradi. Jamiyatdagi bu norozilik mevalaridan Islom muxoliflari ham, dunyoni bo'lib olib boshqarish ilinjida uyqusi qochgan sarmoyadorlar ham, siyosatda omadi chopmagan hukmdorlar ham baravariga foydalanib qolishga intilishadi.
Milodiy yigirmanchi asrning ikkinchi yarmidan boshlab jahonning goh u yerida, goh bu yerida salafiylik, aqidaparastlik, vahhobiylik, hizbut-tahrir, qo'yingki, yana o'nlab boshqa turfa nomlar ostida hali e'tiqodi mustahkamlanmagan, iymoni zaif, dunyoqarashi shakllanmagan qanchalab xolis yoshlarni chalg'itishga urinishlar ham ana shu harakatlarning bir ko'rinishidir. Bunda bir o'q bilan bir necha nishonga uriladi: avval ana shunday «islomiy harakat»larga yoshlarning faol qatlamini jalb etishga ko'z yumib turiladi. Keyin ular soni ko'paygach, «mamlakat xavfsizligiga rahna solayotir» bahonasida ta'qib qilish, jismonan mahv etish boshlanadi. Adashgan yoshlarning rejalari, qilmishlari haqidagi yolg'on-yashiqlar atrofida katta-katta shov-shuvlar yasab, Islom va musulmonlar omma ko'ziga yovuz, urishqoq, qonxo'r sifatida ko'rsatiladi.
G'arb zo'r berib Islomga yopishtirayotgan «aqidaparast, terrorchi, jangari» degan yorliqlarning dinimizga hech qanday aloqasi yo'q. Islom hech qachon zo'ravonlikni, zulmni, o'zgalar joniga qasd qilishni oqlamagan, bunga yo'l ham bermagan. Aksincha, u o'z tarixida faqat tinchlik, osoyishtalik, rahm-shafqat, insoniylik, mehr-oqibat dini sifatida nom chiqargan. G'arb olimlaridan birining yozishicha, «ayni paytda jahon jamoatchiligi Islomga nisbat berayotgan inson huquqlarining sharmandali tarzda paymol qilinishi, o'zga din va millat vakillariga nisbatan toqatsizlik va terrorizm aslida bu dinga daxli yo'q to'dalarning, mutaassiblarning va ko'pincha xudobexabar murtadlarning ishidir. An'anaviy va chin musulmonlar hech qachon terrorizmga qo'l urmagan». (Timoti Uinter, yuqoridagi kitob, 306-bet).
Xo'sh, ahvol shunday bo'lgach, musulmon yoshlar faollikni bir chetga yig'ishtirib qo'yib, jimgina namozlarini o'qib, ro'zalarini tutib yurishaversinmi? Jamiyatda ro'y berayotgan o'zgarishlardan, siyosiy va iqtisodiy islohotlardan bir chetda turishsinmi? Ijtimoiy hayotga aralashish, undagi qusur-nuqsonlarni yo'qotishga befarq bo'lishsinmi?
Yo'q, aslo! Islom – faollik dini. U beg'amlikni, hafsalasizlikni, jamiyat hayotidan chetda turishni, faoliyatsizlikni, tanballikni, fikriy loqaydlikni qattiqqoralaydi. Musulmonlarni o'z diniy aqidasi, e'tiqodi, iymoni, sha'ni-erkiga bo'ladigan har qanday tajovuzlarga murosasiz bo'lishga chaqiradi.
Unda hozirgi yoshlar qanday yo'l tutishlari zarur? Eng avvalo, ulardan aqidada mahkam bo'lish talab etiladi. Mashhur shoirimiz So'fi Ollohyor «Aqida bilmagan shaytona eldur, Agar ming yil amal deb qilsa, yeldur», deb bejizga yozmagan. Musulmonlik da'vo qilsak, mo'minmiz, deb ko'krakka ursak, ammo iymonimiz zaif bo'lsa, aqidamiz poydevori bo'sh zaminga, qiyshiqqilib qurilsa, g'animlarimiz qalbimizni osongina zabt etib, hidoyat yo'lidan, Haq yo'ldan qiynalmay adashtirib yuboradi.
Islomni kitob o'qish bilangina tanimoqchi bo'lganlar adashishga mahkumdirlar. Silsilaga mansub bir ustoz ko'rmay, o'zlaricha bir necha hadisni yodlab olgach «ulug' donishmand» darajasiga ko'tarilib olganlarning ayniqsa haq yo'ldan adashib, zalolat va kufr yo'liga kirib ketishlari (nauzanbillah!) osonroq bo'lib qoladi.
Allakimlarning nayranggiga uchib, ularning aqidasiga kirib qolgan, haq nima, aqida nima – ajratib olganidan keyin iztirob va nadomatlardan qiynalgan yoshlarni ko'rdik. Dunyo hayotidagi tansiq yillarini xatolar girdobida g'arqqilib yubormasliklari uchun yoshlarga qarata Payg'ambar alayhissalomning: «Diningizni kimdan o'rganayotganingizga qarang», degan ko'rsatmalarini eslatib qo'yish joiz. Rasulullohdan (a.s.) buyon davom etib kelayotgan olimlar silsilasini ustoz qilib olganlar aslo adashishmaydi. Bu Ahli sunna val jamoa tuzib chiqqan va asrab-avaylab kelayotgan aqida, e'tiqod va shariat yo'lidir.
Hazrati Abu Hanifadan: «Kimlar Ahli sunnaga mansub?» deb so'rashganida, «Ikki Shayxni tan olgan, ikki kuyovni tan olgan va mahsisiga mash tortgan Ahli sunnadir», degan ekanlar. Bilishsa, ikki shayx Hazrati Abu Bakr Siddiq va Umar ibn Xattob, ikki kuyov esa Usmon ibn Affon va Ali ibn Abu Tolib ekanlar. Bundan kelib chiqadiki, kim dinida mo''tadil o'rta yo'lni olib boraman desa, Islomning to'g'ri yo'ldagi to'rt xalifasi tan olib, ular ishini va yo'lini davom ettirishi hamda shariat hukmlarini og'ishmay bajarishi lozim ekan.
Turli tafriqalarga bo'linish, haq yo'lda adashishlarning yana bir yo'li sunnatni tark etish, mazhabsizlik hamda mutaassiblik balosidir. Islom qonunlarini buzib qo'yishdan taqvo qilgan o'tmishdagi buyuk allomalarning to'qson to'qqiz foizi mazhabga sodiq bo'lgan. Hatto ixtilof avjga mingan o'n to'rtinchi asrda chiqqan Ibn Taymiyya, Ibn Qayyum kabi boshqacha fikrlilar ham chalasavod musulmonlarga faqihlar yordamisiz ijtihodga qo'l urishni tavsiya etishmagan.
Alloh taolo mo'min-musulmonlarga shunday xitob qiladi: «Dinlarini bo'lib, firqa-firqa qilib olgan kimsalardan (bo'lmangiz)! Har bir hizb-firqa faqat o'z oldilaridagi narsa bilan xursanddirlar» (Rum, 32).
Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalomdan rivoyat qilingan hadisi sharifda bunday deyilgan: «Mana bu ummat yaqinda yetmish uch firqaga ajraladi. Yetmish ikkitasi do'zaxda va bittasi jannatdadir». «Ey Rasululloh, bu bittasi kimlar?» deb so'rashdi. «Ahli sunna val jamoa», dedilar» (Imom Termiziy rivoyati).
«Sunniylik sof diniy maydonda musulmonlik tarixining to'qson foiz vaqti mobaynida to'qson foiz ummatni birlashtira oldi. G'arb tadqiqotchilarining fikricha, sunniylik mazhabi vakillari dinga nisbatan deyarli o'zgarmagan hurmatni va o'zaro birodarlikni saqlab qola bildi. Boshqalar uchun mana shunday mushkul kechgan uzoq davr mabaynida na ulkan diniy urushlar, na qo'zg'olonlar va na ta'qiblar ularni bo'lib yubora olmagani hayratlanarlidir» (Timoti Uinter, yuqoridagi kitob, 935-bet).
Hazrat Payg'ambarimizning ummatlari yetmish uch firqaga bo'lindi. Yetmish ikki firqa zalolatda qolib halok bo'ldi. Faqatgina to'rtta fiqhiy mazhab (Hanafiy, Shofe'iy, Molikiy, Hanbaliy)ni birlashtirgan «Ahli sunna val jamoa» mazhabi salomatda qolib, najot topgan. Hozir yer yuzidagi jami musulmonlarning 92,5 foizi ana shu haq yo'ldagi mazhabda turibdi. Ahli sunnat jamoatidan zarracha ayrilgan kishi islomiyatdan uzoqlashgan bo'ladi.
Demak, bugungi yoshlarimiz din dushmanlarining hiyla-nayranglariga uchmay, qalblariga egalik qilish ilinjida turli tuzoq-qopqonlar qo'yayotgan muxoliflarning fitnasiga ilinmay deyishsa, Qur'oni karim va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sunnatlarini mahkam tutishadi. Yangi zamonning makkor va mug'ombir qalb o'g'rilari domiga tushmaslik uchun Ahli sunna val-jamoa mazhabidan chekinishmaydi. Chunki dunyo musulmonlarining salkam to'qson uch foizi adashishi, zalolatga ketishi, hidoyat yo'lidan chekinishi aslo mumkin emas!
Bugungi kunda musulmon yoshlarni qiynayotgan yana bir qancha ijtimoiy muammolar bor. Shulardan biri jamiyatdagi dindor va dahriy qatlamlar o'rtasida oshkora-pinhona ixtiloflardir. Bu ixtiloflarning kelib chiqishida esa har ikki tomonning ham ayricha «ayb»lari bor.
To'qsoninchi yillarning boshida yurt mustaqil bo'lib, diniy erkinliklar berilgach, uzoq yillik mudhish qatag'ondan so'ng ko'ksiga shamol tekkan musulmonlarning va o'tmishda dahriylik nonini yeb katta bo'lganlarning holatlari hamon ko'z o'ngimizda. Masjidlarni to'ldirgan yoshlar benamozlar vafot etsa ularga janoza o'qimaslik, ular bilan aloqa qilmaslik shiorini o'rtaga tashlashgan, aroq ichuvchi, qimor o'ynovchilar va boshqa jinoyatchilar dushman deb e'lon qilingan, yengi kalta ko'ylak kiygan ayollar behayolikda, buzuqlikda ayblangan, haykal va rasmlar but sifatida yo'qqilingan paytlar edi. Bir tomonda mustamlakachilar tomonidan dinsizlik ruhida tarbiyalangan bir avlod esa masjidlarga oqib borayotgan yoshlarni, kitob rastalarini to'ldirgan diniy adabiyotlarni, masjidlardan baralla yangrayotgan azon tovushlarini, haj safarini tashkil etgan hukumatning maxsus uchoqlarda minglab kishilarni olis Makkaga yuborayotganini ko'rib g'azablari oshgan davrlar edi. Ana shunday paydo bo'lgan ixtilof-kelishmovchiliklar vaqt o'tgani sayin kuchaysa-kuchaydiki, pasaymadi.
Bugungi kunda jamiyatda odamlar dindorligiga qarab uch toifaga bo'linadi:
Birinchisi – Alloh va Uning rasuliga iymon keltirgan, Islom dini arkonlarini, ilohiy amr-farmonlarini muntazam bajarayotgan, turmush tarzini shariat talablari asosiga qurgan mo'min-musulmonlardir.
Ikkinchisi – tilda musulmonligini izhor qilib, Allohning barhaqligini tan olsa-da, Uning amr-farmonlarini bajarmaydigan, ibodatlarni ado etmaydigan, halol-haromni ajratmaydigan kishilardir.
Uchinchisi esa – Alloh va Uning rasuliga iymon keltirmagan, dinni va ruhiy olamni inkor etadigan, faqat moddiyatga asoslangan ilm va nazariyalarga bo'ysunadigan dahriy, xudosiz kimsalardir. Ana shu uch tomon o'rtasidagi ixtilofli kurash ularning o'zlariga aslo foyda keltirmaydi, balki Islom dushmanlarigayu, o'zlarining bosqinchilik siyosatlarini o'tkazishga asosiy to'g'anoq bo'lib maydonga chiqayotgan islomiy toifalarning tanobini tortib qo'yishni orzu qilayotgan mustamlakachilarga va dunyoda Islom dinining g'olibona yurishidan vahimaga tushayotgan G'arb olamiga ham birday qo'l kelishi mumkin.
Jamiyatdagi ixtiloflarning asosiy sababi ancha oldinroqqa – milodiy 1917 yili sovetlar «dohiy»i Lenin boshchiligida qilingan O'ktabr to'ntarishiga borib taqaladi. U hokimiyatni qo'lga oliboq, dinlarga qarshi keskin jang boshladi. «Cherkovni davlatdan va maktabni cherkovdan ajratish haqida»gi mash'um dekretini imzoladi. Mustamlakachilar aholisining mutloq ko'pchiligi musulmon bo'lgan o'lkalarda musulmonlarning haq-huquqlari har qadamda buzildi, ularning arz-dodlari, shikoyatlari, talab-istaklari masjid devorlari ichida qolib ketdi, mamlakat qonunlarida haq-huquqlari kafolatlab qo'yilganiga qaramay, aslida jamiyatning eng haqsiz, huquqsiz qatlami bo'lib qoldi, ishga yoki o'qishga qabul qilish, mansabida ko'tarish, taqdirlash, davlat hokimiyati organlariga saylanish kabi ishlarda pinhona cheklov va kamsitishlar joriy qilindi. Ayniqsa diniy arboblar, masjid imomlari, mudarrislarga qarshi ayovsiz kurash olib borildi, ular jisman va ma'nan ta'qib qilindi.
Vaholanki, avvalda qishloq yoki shaharda imomning obro'si, ta'siri katta bo'lgan. Namozxonlar ham, mahalladagi boshqa kishilar ham unga hamma masalalarda murojaat qilishgan, dardu hasratlarini aytishgan. Bir tadqiqotchi yozganiday, odamlar ulov sotib olishdan tortib, o'g'lini uylantirish, qizini uzatish, eski samovorini yamash kabi barcha masalalarda imom bilan maslahatlashgan (Ya. Kovalev, «O magometanskix mullax», Kazan, 1907, 15-23 str.). U qishloq, mahallada eng obro'li, hurmatli, ulug' kishi bo'lgan. U diniy ehtiyojlarni qondiribgina qolmay, hamyurtlarining hamma savollariga javob bera olgan, hamma voqealardan, qavmning barcha a'zolari, ularning oilaviy muammolaridan yaxshi xabardor bo'lgan.
Imomdan hamma baravariga qo'rqqan: u bolalariga zulm o'tkazgan kattalarni tergagan, bebosh yoshlarni odobga chaqirgan, axloqsizlarga tanbeh bergan. Imom bir paytning o'zida axloq himoyachisi, qozi, tergovchi, din arbobi bo'lgan. Bugungi kunda axloqsiz yoshlarni tarbiyaga chaqirish, urishgan er-xotinlarni yarashtirish, mahalladagi kishilar o'rtasini isloh qilish, ichkilikbozlik, o'g'rilik, giyohvandlik, buzuqliklarni tag-tomiri bilan tugatishda mahalla fuqarolar yig'inlari, militsiya, posbonlar, faollarning katta o'rdusi ham qiynalib qolayotgan bir paytda imomlarning salohiyati, obro'si va ta'sir kuchini oshirish hamon dolzarb bo'lib qolaveradi.
Zamonamiz musulmonlari qarshisida yana bir xatar borki, bu diniy jaholatparastlik tug'ib voyaga yetkazgan mutaassiblikdir. Din asoslaridan bexabar johil va nodon kimsalar «bid'atga o't ochish, Islomga yangilik kiritishdan qochish» bahonasida asrlar bo'yi ilm-fan rivojiga, har qanday yangilik va kashfiyotga qarshilik qilib kelishdi. Masalan, o'n sakkizinchi asrga qadar matbaachilik, kitob chop etishni harom ish, deya baholab kelingan. Kitoblarni oson yo'l bilan ko'paytirish Islom ta'limotining ahamiyatini pasaytiradi, deb hisoblashgan. Islomni qabul qilgan mojoristonlik Ibrohim Mutafarriqa 1720 yili Istanbulda Islom olamidagi ilk matbaa dastgohini ishga solib, bu boradagi qarashlarni o'zgartira oldi.
Namanganlik mashhur ma'rifatparvar olim, Namanganda ilk bosmaxona ochgan Ishoqxon Ibrat ham musulmonlar johillik va mutaassiblik tufayli dunyo taraqqiyotidan, fan-texnika yutuqlaridan orqada qolishayotgani haqida «Mezon ul-zamon» asarida shunday kuyunib yozadi: «Har bir davr-zamonda yangi-yangi narsalar paydo bo'ladi, kashf etiladi. Musulmonlar ularni din va zamona tarozusida tortib qabul qilishlari, keraklisidan o'z manfaatlari yo'lida bemalol foydalanishlari kerak... Ammo ayrim nodon va johil kimsalar, mutaassib din xodimlari ana shu qulayliklarni Alloh bandalari uchun yaratib qo'yganini inkor etib, ularni harom yoki makruh, deb e'lon qiladilar va musulmonlar orasiga nizo solib, ularni tafriqa (bo'linish)ga olib boradilar... O'rta Osiyoda paydo bo'lgan poezd, paroxod, mashina, tilg'irof kabi odamlar uchun zarur va foydali narsalarni Alloh taolo bandalariga ato etib tursayu, bizlar johilligimizga borib, bu ne'matlardan foydalanishdan bosh tortib tursak, yaxshi bo'ladimi?.. Musulmonlar zamonni o'zlariga moslashtirishni kutib o'tirmay, o'zlari o'sha zamonning foydali ilmlariga moslashsalar yaxshi bo'lmasmikin?..» (Ishoqxon Junaydulloxoja o'g'li Ibrat, «Mezon uz-zamon», Namangan, «Ishoqiya», 1912 yil, 36-bet.)
Ibratning bu tashvishlari va kuyunishlari O'ktabr to'ntarishidan keyin diniy-ma'rifiy islohot boshlamoqchi bo'lgan Fitrat, Abdulla Qodiriy, Munavvar qori Abdurashidxonov, Mahmudxo'ja Behbudiy kabi ilg'or fikrli namoyandalarning qarashlariga hamohangdir. Dinga johilona munosabatda bo'lish, mutaassiblik bugungi kunimizda ham batamom yo'qolmagan. Har bir yangilikni, har bir kashfiyotni so'rab-surishtirmay, harom yoki makruhga chiqarish illati bugungi ayrim din xodimlariga ham xosligicha qolyapti. Ularning iddaolariga quloq solsangiz, butun dunyo musulmonlari ishlatayotgan, jumhur ulamolar foydali deb topgan komputor, internet va boshqa telekommunikatsiya vositalarini qo'llash musulmonga mumkin emas emish. Ularning fikricha, dunyoviy bilimlarni egallash, xorijiy o'lkalarda tahsil olish, hatto o'zbek tilidagi diniy adabiyotlar nashrini ko'paytirish ham yaxshi emas. Chunki xorijda o'qiganlarning e'tiqodi buzilib ketarmish. Musulmonga kibernetika, matematika, falakshunoslik, biologiya, fizika kabi ilmlar shart emasmish. Ona tilida diniy adabiyotlar ko'paysa, oddiy xalq o'qib olib, chalg'ib ketarmish yoki imomlarga savollarni ko'paytirib yuborar emish. Bundan ham ortiq mahdudlik, mutaassiblik bo'ladimi?
Shu joyda atoqli ma'rifatparvar olim Rizouddin ibn Faxriddin asaridan iqtibos keltirish o'rinlidir: «Sulton Mahmud askarlarga yangi qoida ishlab chiqishga va zamonga muvofiq kiyinishga, boshqa davlatlarga o'xshab harbiy ta'lim berishga kirishgan vaqtda Istanbul ulamolari bu islohotga din nomidan qarshi turdilar... Lekin Sulton Mahmud dinni yaxshi bilganidan va har bir salla o'ragan «olim»ning haybarakallasiga uchib ketavermaganidan o'z so'zining ustidan chiqdi, «amri ma'ruf» va «nahiy munkar» uchun yig'ilgan Istanbul ko'chalaridagi mutaassiblarga zambarakning og'zini to'g'rilab qo'ydi... Eng avvalo o'zlarini din yo'lida qurbon qilishga chog'langan zotlar juftakni rostlab qoldilar.
Bundan oldin Sulton Mahmud Istanbulda rasadxona (observatoriya) bino qilishga kirishganida Istanbul ulamolari «Rasadxonalar barpo qilish va hikmatga (fizika, falakshunoslik, riyoziyot va boshqalar) doir asarlarni o'qish man qilinadi», deb din nomidan fatvo berishgan. Shu sababdan Istanbulda butun dars «Hidoya» bilan «Inoya»dan iborat bo'lib qolgan edi...
Bu kunlarda Buxoro shahrining ulamolari yangi usul bilan bolalarga «alifbo» o'qitishni man qildilar, shunday maktablarni din nomidan bekitdilar. Ko'kraklari, sonlari ochiq o'rus qizlarning teatrlarda, sirklarda o'ynashlarini maqtab, tahsinlar aytib, so'laklarini oqizishib tomosha qilib o'tirishda, Islom vaqflarini sotib yeb, ribo bilan muomala qilishda o'zlari uchun dinda mone'lik topmagan bu muborak zotlar bolalarga yengillik bilan o'qish-yozishni o'rgatadigan bu maktablarning ochilishida qanday mone'lik topishdi ekan?!» (Rizouddin ibn Faxriddin, «Javome'ul-kalim», Toshkent, «Movarounnahr», 2004 yil, 95-bet.)
Zamonamizning mashhur Islom olimlaridan shayx Yusuf Qarzoviy hamma narsani taqiqlashni yaxshi ko'radigan va juda ehtiyotkorlik bilan yondoshish kerak bo'lgan «harom» so'zini suiiste'mol qiluvchi din olimlarini keskin tanqid qiladi: «Bunday kishilar «harom» so'zini ko'pincha mutlaqo sababsiz tilga oladilar. Ular nazdida televidenie, kino, fotografiya, aksionerlik jamiyatlari, xullas, hamma narsa harom. Umuman, ularning butun hayoti harom ustiga haromdan iborat. Axir Qur'oni karim shunday buyuradi: «Alloh sizlarga yengillikni istaydi, sizlarga og'ir bo'lishini istamaydi» (Baqara, 185). Yusuf Qarzoviy musulmon arboblarini hamisha zamon bilan baravar qadam tashlashga chaqiradi.
Ammo bu – musulmonlar halol-haromni surishtirmay, duch kelgan narsani iste'mol qilaverishsin, degani emas. Ayniqsa, Islom dushmanlari musulmonlarga hamma tomondan zarba berishga urinayotgan hozirgi paytda ularning xalqumini, yemagini harom narsalar bilan bulg'ash rejasidan ham voz kechmagan. Yana xalqumini poklashda, halol-haromni farqlashda yuksak taqvo ko'rsatayotgan dindosh birodarlarimizdan o'pkalanishga hech qanday asos yo'q. Chunki mo'minlarning eng afzali taqvodorlaridir. Hazrat Umar: «Haromdan qo'rqib shubhali narsalarning o'ntadan to'qqiztasini tark etar edik», deganlar.
Hamma gap o'rta yo'lni ushlashda, mutaassiblik, qotib qolganlik kabi qusurlarni yo'qotishda! Payg'ambar alayhissalomning shunday hadislari bor: «Islom dini yengil bir dindir... Din ishlarida ifrotu tafritga (haddan oshishu sustkashlik qilishga) berilmasdan, o'rtacha bir adl yo'lni ixtiyor etinglar, komil ibodat qila olmasanglar, shunga yaqinroq ravishda ibodat etishga harakat qilinglar» (Imom Muslim, «Sahih», I juz).
Bizda esa hamma narsaning yo u tomoni, yo bu tomoni ushlab olinadi. Masalan, masjidlarga zamonaviy kiyimlarda yoki boshyalang kirib qolgan yoshlarni olib ko'raylik. Atrofdagi peshonasi sajda ko'rmagan minglab «musulmon»lar bilan hech kimning ishi yo'q. Ammo ana shunday namozxon yigitlarga tanbeh berish, o'qrayib qarashlar har qadamda uchrab turibdi. Hatto imomlarimiz o'rtasida zamonaviy bilimlardan mutlaqo bexabar, dunyoda bo'layotgan voqea-hodisalar bilan qiziqmaydigan, o'z ustida ishlamaydigan kishilar bor, desak, balki ishonmassiz. Vaholanki, Islom ilm-ma'rifat dini, musulmon mamlakatlardagi diniy arboblar zamonaviy ilm sohasida har qanday professorlar bilan bemalol bellasha olishadi. Masalan, misr muftiyi doktor Ali Jama'a ham ilohiyot, ham texnika fanlari doktoridir.
Bugungi kunda Islom davlatlarida yashaydigan musulmonlar aksariyat hollarda o'tkinchi siyosiy masalalarga mahliyo bo'lib, hayot-mamotga, Islom asoslariga va aqidasiga daxldor ulkan tamoyillarni o'jarlarcha nazar-pisand qilishyapti. Vaholanki, ularning oldida turgan o'sha siyosiy masalalar erta-indin hech narsaga arzimay qoladi. Shu o'rinda angliyalik professor Timoti Uinterning «XXI asrda Islom» kitobidan bir iqtibos keltirib o'tish zarurga o'xshaydi: «Agar biz dunyoda nega bu qadar ko'p islomiy harakatlar barbod bo'layotgani sababini anglab yetmoqchi bo'lsak, ishni, ehtimol, ularning rahbarlari islomiy boshqaruvdagi to'siqlarni muvaffaqiyatli yengib o'tishning asosiy sharti bo'lgan yangi dunyoni aqliy bilish qobiliyatiga ega emasligini tan olishdan boshlashimizga to'g'ri keladi. Zamonaviy mafkuralar nima ekanini bilmaydigan bugungi ashaddiy musulmonlar aslida ularni yengish to'g'risida xomxayol qilishdan nariga o'tmaydilar» (11-bet).
Bu fikrlar naqadar badxo'r va yoqimsiz bo'lmasin, haqiqiy ahvolni to'la ifodalaydigan achchiq haqiqatdir...
Muallif Ahmad Muhammad
- 2952
Ahmad Muhammad Tursun Yozuvchi 02 Iyun 2023
Kambag'allik ayb emas
Azaldan faqirlar maqtaladi. Chunki insonlar kambag'allarni yaxshi ko'rishga buyurilgan, Alloh uchun eng yaxshi odamlar kambag'allardir, deyilgan. Barcha payg'ambarlar ham kambag'allik bilan imtihon qilingan. Faqir-kambag'allarni sevishda Nabiyni sevish bor. Ammo faqir odam qanoatli bo'lsa, xalqdan biror narsa tama' qilmasa, ularning qo'lidagi narsadan umidvor bo'lmasa, qanday yo'l bilan bo'lmasin mol-dunyo orttirishga intilmasa yoki haris bo'lmasa, shundagina u maqtaluvchi faqir hisoblanadi. Xabarda aytilganidek, «Boylarning uyiga kamroq kiringlar, aks holda Allohning sizlarga bergan ne'matlarini pisand qilmagan bo'lasizlar». Yana faqirlarni juda katta ajr-mukofotlardan, savoblardan to'sadigan bir illat borki, bu ularning kibridir. Faqirning kibri boylarnikidan yomon bo'ladi, sababi boy mol-davlatidan faxrlanib kibr qilsa, kambag'al hech narsaga ega bo'lmasdan turib kibr qiladi. Ana shu kibr ortidan u hamma ishda boyga tenglashishga intiladi, o'zini boy ko'rsatish uchun har qanday aldov va nayranglarga boradi, bu bilan taqdirga isyon qilgan hisoblanadi.
Xabarda aytilganki: «Uch kimsaga qiyomat kunida Alloh taolo gapirmaydi va qaramaydi ham, ularga qattiq, alamli azob bo'ladi: ular – zino qiluvchi keksa, yolg'onchi podshoh va kibrli faqir kishilardir»; «Alloh mutakabbirni yomon ko'radi, mutakabbir faqirni undan ham yomon ko'radi».
Haq yo'ldan yiroq bo'lgan inson uchun faqirlikning mash'um xatarlari bor. Ba'zi ma'naviy ojiz odamlar uchun faqirlik, uning ortidan keladigan qiyinchilik-mashaqqatlar kufrga ketish uchun bir vosita bo'lib qolishi mumkin. Chunki sabr va qanoat kabi ulug' ne'matlardan bebahra insonlar faqirlik imtihonining qiynoqlariga dosh berolmay, har kuni Yaratgandan norozi bo'lib, shirku isyon bayrog'ini ko'tarishga odatlanib qolishadi. O'zini kamsitilgan his etishadi yoki ilohiy adolat buzilganmikin, degan kufrona gumonlarga borishadi.
Ba'zan faqirlikda, kambag'allikda yashayotgan odamlarni kuzatsangiz, ularning go'yo faqirliklariga o'zlari aybdorday, o'ksinib, boshqalar oldida xijolat chekib, noqulay holatga tushishlarini ko'p ko'rgansiz. Yoki «Nima qilaylik, peshonamiz sho'r ekan, Xudo bizni faqir qilib, nochor qilib yaratib qo'ygan bo'lsa!» deb zorlanishganini eshitgansiz. Ayrimlari o'zlarining faqirliklaridan uyalib, sal o'ziga to'qroq qarindoshlar bilan bordi-keldini ham yig'ishtirib qo'yishadi. Ba'zilar kambag'allikdan shunchalik orlanishadiki, tarkidunyo qilgan rohib kabi odamlardan butunlay o'zlarini tortishadi. Mahalla-ko'y, to'y-marosimlarga aralashishdan ham voz kechishadi. Nima, kambag'allik ayrimlar o'ylaganiday, shunchalik aybmi, kamchilikmi, peshonaning sho'rimi, Allohning jazosimi yoki taqdirning shumligimi?
Yo'q va yana yo'q. Agar inson faqirlik orqasidan o'ziga qanday ulug' marhamat, ajr-mukofotlar borligini, u faqirlik bilan sinalayotgan ekan, bundan sabr, shukr orqali sharaf bilan o'ta olsa, uni boqiy dunyoda qanday ulkan ne'matlar va mukofotlar kutayotganini tasavvur ham qila olmaydi. Bejizga o'tmishdagi so'fiylar: «Agar hukmdorlar bizdagi ruhiy xotirjamlikning sababini bilib qolishsa, egnimizdagi jandalarni tortib olgan bo'lishar edi», deyishmagan. Shunday ekan, siz faqirlik kelganida xafa bo'lish o'rniga sevining, kambag'alligingizni qo'rqmay, uyalmay tan oling, o'zingizni kambag'allikka tayyorlang. Zakot yeyishdan uyalmang, shuni bilingki agar siz kabi kambag'allar bo'lmasa, boylar zakotini bergani odam topolmay, Allohning farzini bajara olmay qolishardi-ku!
Faqirona hayotning ruhiy va ma'naviy sakinati, qalb xotirjamligini hech narsaga tenglab bo'lmaydi. Mol-dunyosi bo'lmagan odam uni tasarruf qilish, ko'paytirish, foyda olish, asrash, aldanish xavfi kabi qanchalab ofat-xatarlardan omonda, xotirjam yashaydi. Dunyoning tashvishi va hisob-kitobi miyasini band qilmagani uchun ibodatlarida halovat, rohatlanish bor. Boqiy dunyoda hisobga tortilmasligining o'zi va buning ortidagi qalb halovatini uncha-buncha narsa bilan o'lchab bo'lmaydi. Kambag'alning boylardan besh yuz yil avval jannatga kirishi bashorati hamma boyliklardan ustun mukofot emasmi? Xabarlarda aytilganiday: «Odamlarning oldidan aylanib yurganida bir va ikki luqma yoki bitta va ikkita xurmo bersang, olib ketadigan kishi haqiqiy miskin emas. Haqiqiy miskin o'zini behojat qiladigan narsa topa olmasa va sadaqa berish uchun uning ahvolidan boshqalarning xabarlari bo'lmasa hamda o'zi ham tilanib yurmaydigan kishidir»; «Har bir narsaning kaliti bor, jannatning kaliti miskin-faqirlarni sevishdir».
Faqir sahobiylar oralaridan bir kishini vakil qilib Payg'ambar alayhissalom huzurlariga yuborishdi. Vakil u zotga bunday dedi: «Meni ashobingizning faqirlari huzuringizga yuborishdi». U zot: «Senga va seni yuborganlarga marhabo! Ular men sevgan kishilardir», dedilar. Kelgan vakil istaklarini shunday bayon qildi: «Boylar mollari bo'lgani uchun haj qilishyapti. Juda ko'p xayrli ishlarni qilishyapti. Biz esa faqirlik orqasidan bularni uddalay olmayapmiz. Shuning uchun oxiratdagi mukofotimiz, xayrli amallarimiz oz bo'lib qoladimi, deb o'ylayapmiz. Meni sizga yuborgan faqirlar «bizning holimiz nima bo'ladi», deb so'rashdi. Faxri koinot bunday dedilar: «Faqirlarga mendan shuni yetkazginki, oxiratda erishadigan mukofotlarini o'ylab, bu dunyodagi mahrumiyat hollariga sabr qilsinlar. Chunki faqirlarning boylardan afzal uchta jihatlari bor:
1. Ularga bu dunyoda chekkan mashaqqat-qiyinchiliklari, dunyo ne'matlaridan bebahraliklari evaziga jannatda shunday ko'shk-par beriladiki, boshqalar u ko'shklarga dunyoda eng porloq yulduzlarga qaragandek mahliyo bo'lib qarashadi. Bu ko'shklar payg'ambarlar, shahidlar va faqir musulmonlar uchundir.
2. Faqirlarning hisoblari oson bo'ladi va ular boylardan oldinroq jannatga kirishadi.
3. Boy kishi sadaqa berib erishadigan savobga faqirlar: «Subhanallohi val hamdulillahi va la ilaha illallohu vallohu akbar», deb erisha olishadi. Faqirlar bu kabi zikr va tasbehlarni boylardan ko'proq aytishsa, boylarning pul va mollari bilan qozongan savoblariga shu aytgan zikrlari bilan erisha olishadi».
Zunnun Misriy deydiki: «Bir kambag'al do'stim bor edi, olamdan o'tdi. Bir kuni tushimga kirdi. Undan: «Alloh sen bilan qanday yo'l tutdi?» deb so'radim. U shunday javob qaytardi: «Alloh: «Pastkash boyvachchalar uzatgan nonni olmaganing uchun gunohlaringni mag'firat etdim», dedi». Shu zotning yana bunday so'zi bor: «Ilm ahlidan bo'lmish har bir er ilmi ziyoda bo'lgani sayin mol-dunyoga nafrati kuchayib, uni tark etardi. Endi-chi? Bugun ilmi ko'paygani sari mol-dunyo muhabbati va talabi kuchaymoqda. Ilgari olim odam molini ilm yo'lida sarf etardi. Bugun-chi? U ilmi orqali mol-dunyo to'playdi. Ilgari ilm oluvchining botini va zohiri kuchga to'lardi. Hozir-chi? Uning botini ham, zohiri ham fasoddir».
Bishr Xofiy aytadi: «Faqirlar uch toifa bo'lishadi: birinchisi so'ramaydi, bersang olmaydi ham, bu toifa ruhoniyati oliy odamlardir, ular Allohdan so'rashsa Alloh beradi, Allohga qasam keltirishsa qabul bo'ladi. Ikkinchi toifa so'ramaydi, bersang oladi, bular o'rta qavm, Allohga tavakkul qilib yashashadi, bularga jannatda dasturxonlar yoziladi. Uchinchi toifa sabrni o'ziga qalqon qilganki, boshga hojat kelsa Allohga murojaat qiladi, O'zi singarilar yoniga chiqadi, haqiqatgo'yligi uning xizmatkoridir». Shu zotning mana bunday gaplari ham bor: «Shunday zamonlar keladiki, qoplab dunyo tentaklar qo'liga o'tib ketadi». Ishonmasangiz, atrofingizga bir nazar soling: behisob mol-dunyoga ega bo'lganlar aqlli, dono, taqvodor odamlarmi yoki aksinchami?
Abul Hasan Siriy bunday deganlar: «Hech kimdan hech narsa so'rama, hech kimdan hech nima olma, shunda birovga berishga hech nimang bo'lmaydi. Dunyoning turgan-bitgani ortiqchadir, lekin besh narsa bundan mustasno: non, suv, kiyim, uy va manfaatli ilm».
Shaqiq Balxiy faqirlikni yoqlab o'tgan shayxlardan. U aytadiki, «Dunyoga intilib o'lishdan saqlan, xotirjam bo'lginki, senga yozilgan rizq sendan o'zgaga berilmaydi. Banda faqirlikni ixtiyor etib, boylikdan qo'rqishi qanday bilinadi? U badavlat odam kambag'al bo'lib qolishdan qo'rqqanidek boyib qolishdan qo'rqadi va faqirlik holatini qo'rquv bilan saqlaydi. Faqirlikni saqlash faqirlikni Yaratganning in'omi deb tushunishdir. Boylardan chetda yur, chunki qalbingni ularga bog'lasang, ular bilan hamtovoq bo'lsang, ular itoatiga tushib qolib, Rabbingdan yuz o'girasan».
Muhammad ibn Bahrin ash-Shajiniy bunday degan edi: «Mol-mulkim ko'pligiga qaramay, faqirlikdan juda qo'rqar edim. Kunlardan bir kuni Abu Hafs Haddod menga: «Agar peshonangga faqirlik yozilgan bo'lsa, hech kim seni boy qila olmaydi», dedi. Bu gapni eshitganim zahoti faqirlik qo'rquvi qalbimni tark etdi».
Ba'zi kimsalarning kambag'allarni qo'l uchida ko'rsatishi, ularni nazarga ilmasligi, ular huzurida boyligi bilan kerilishi yoki kibrlanishi, insoniy munosabatlarda kambag'allardan ustunlik da'vo qilishi nodonlikdan, johillikdan boshqa narsa emas.
Mana shunday noxush holatlarga kelin olishda, qiz chiqarishda ayniqsa ko'proq duch kelinadi. Kelin axtarganlar boyroq xonadondan qiz olsam, o'g'limning kelajagi ta'minlanadi, qaynotasi yoki qaynonasi turmushda yosh oilani qo'llab turadi, degan bema'ni xayollarga borishadi. Qiz uzatadiganlar badavlat xonadonga uzatsam, yegani oldida, yemagani ketida, hech narsadan muhtojlik ko'rmay yuradi, degan rejalar tuzishadi. Bilishmaydiki, Alloh taoloning rizq taqsimlashda alohida hikmati, irodasi bor, birovga ko'proq, birovga ozroq rizq beradi.
«Nega kambag'alga qiz bermaysiz, bitta aybi goho och qoladi-da», deb so'radi bir dono kishi mahalladoshlaridan. Ularning chehrasida tasdiq ishorasini ko'rgach afsuslanib xitob qildi: «Yo'q, aksincha boyning xonadonida och qoladi. Qizingiz yurgan yo'lida yesa boy «nega turib yeyapsan», deb ko'z ochirmaydi, o'tirib yesa «nega o'tirvolib yeyverasan», deb tinchlik bermaydi. Ishonmasangiz, tekshirib ko'ring, barcha boylarning kelini oriq… Kambag'al esa faqirligim sezilib qolmasin, deya hali sinashta bo'lmagan kelinga nuqul ovqat tiqishtiradi».
Aksariyat badavlat kishilarning qizlari to'kinchilikda, farovonlikda, erka bo'lib ulg'aygani uchun ko'p hollarda oddiy, kamtarona yashaydigan xonadonlarga munosib kelin bo'lolmaydi. Sababi, odatda ularning qo'lini sovuq suvga urdirishmaydi, aytganini hamisha muhayyo qilishadi, qilini egri deyishmaydi, xullasi hamma aybu nuqsonlarini qilingan mo'l-ko'l seplar, shohona to'y marosimlari yopib ketadi, deb o'ylashadi. Aksincha, kambag'alroq oiladan kelin bo'lib tushgan qizlar esli-hushli, «oilam, erim, ro'zg'orim» deydigan, borgan joyiga toshday cho'kadigan, hammaning xizmatini qilib ko'nglini oladigan epli bo'lishadi. Faqat ularning kamxarjligini, qo'li kaltaligini betiga solmasangiz, arzimas mayda-chuyda deb izzat-nafsini koyitmasangiz, bo'ldi.
Shu o'rinda Hazrati Umarning sutchi ayolning halol qizini kelin qilganlari haqidagi go'zal bir rivoyatni keltirish o'rinlidir: Umar ibn Xattob Madina ko'chalarini aylanib yurganlarida bir voqeaning guvohi bo'ladilar. Bir xonadonda sutchi ayol bugun suti odatdagidan kamroq ko'ringani uchun unga biroz suv qo'shmoqchi bo'lar, uning qizi esa «Allohdan qo'rqmaysizmi?» deb uni bu gunoh ishdan qaytarar edi. Voqedan voqif bo'lgan Hazrati Umar ertasiga ertalab o'sha xonadonga borib, Allohdan qo'rquvchi, go'zal axloqli, yaxshi fazilatli va iffatli qizni o'g'liga xotinlikka so'radi. Butun musulmon olamining amiri o'g'lini faqir qizga, oddiy sutchining qiziga uylantirdi. O'sha pokiza kelindan shunday farzandlar dunyoga keldiki, ulardan biri bobosi kabi adolatni sevuvchi, Allohdan qo'rqadigan, tarixda «Ikkinchi Umar» nomini olgan, xalifalik qilgan yillari «eng saodatli va adolatli davr» sifatida tarixga kirgan Umar ibn Abdulaziz edi…
«Tazkirat ul-avliyo»da shunday naql qilingan: Shayx Hotami Asom Balx shayxlarining ulug'laridan edi. Bir kuni Hotam ayolidan:
– Men to'rt oylik safarga ketyapman. Shu to'rt oylik muddatga qancha nafaqa qoldirishimni istaysan? – deb so'radi. Ayoli bunday javob qildi:
– Tirik qolishimga yetgulik nafaqa qoldiring.
– Tirikliging va o'liming aslo mening qo'limda emas, Haq taoloning qo'lidadir, – dedi Hotam.
– Unday bo'lsa, mening rizqim ham sizning qo'lingizda emas, janobi Haqning qo'lidadir, – dedi xotin.
Hotamga bu so'z ma'qul keldi va xotinini duo qildi. Qo'shni xotinlar kelib ayolga: «Hotamdan nechun nafaqa so'ramading?» deyishdi. Xotin bunga javoban:
– U kishi ham men kabi rizq yeyuvchidir, berguvchi emasdir, – dedi.
Hofiz ibn Rajab ushbu voqeani qozi Abu Bakr Muhammad ibn Abdulboqiydan naql qiladi: «Men Makka shahrida faqirona hayot kechirar edim. Bir kuni ko'chada hamyon topib oldim. Uyga kelib ochib qarasam, ichidan bir shoda marvarid chiqdi. Bunaqasini umrimda ko'rmagan edim.
Qaytib ko'chaga chiqdim. Bir odam: «Men hamyonimni yo'qotib qo'ydim, kim topib olib qaytarib bersa, besh yuz dinor beraman», deb yurgan ekan. Shunda men: qornim och, hojatmandman, hamyonni berib evaziga pulni olamanu undan foydalanaman, deb o'yladim.
O'sha odamni chaqirdim. U uyimga kirgach, hamyonning va undagi marvaridning belgilarini so'radim, aniq aytib berdi, shunda unga hamyonini topshirdim. U besh yuz dinor pulni uzatdi, ammo men olmadim, to'g'rirog'i olishni ep ko'rmadim.
Oradan ancha vaqt o'tib, dengiz safariga chiqdim. Nogahon kemamiz halokatga uchrab, hamma suvga g'arq bo'ldi. Alloh taoloning irodasi bilan yolg'iz mengina bir parcha taxtaga yopishib, jon saqlab qoldim. Keyin bir orolga chiqib oldim va o'sha yerdagi masjiddan panoh topdim. Qur'onni chiroyli o'qishimni eshitib, odamlar oldimga kela boshlashdi. «Yozuvni ham bilasanmi?» deb so'rashdi. «Ha», dedim. Ular bola-chaqalari bilan kelib, mendan o'qish-yozishni o'rgana boshlashdi. Moddiy yordamlari tufayli men ham o'zimni tiklab oldim. Bir yetim qizlari bor ekan, bir kuni ular meni uylantirib qo'ymoqchi bo'lishdi. Avvaliga rozi bo'lmadim, qistayverishgach ko'nishga majbur bo'ldim.
To'y kuni…qizning bo'ynidagi marvaridga ko'zim tushib, hayratda qotib qoldim. U o'sha men topib olgan marvarid edi. Odamlar mening ahvolimga hayron… Ularga boshimdan o'tgan voqeani aytib berdim. Odamlar takbir aytib yuborishdi. So'ng bu qizning otasi o'sha hamyonini yo'qotgan kishi ekanini, u umrining oxirigacha: «Dunyoda hamyonimni qaytarib bergan yigitga o'xshagan sofdil kishini boshqa ko'rmadim, ey Alloh, meni yana o'sha yigitga ro'baro' qil, qizimni unga nikohlab beray», deb duo qilganlarini aytib berishdi…».
Muallif Ahmad MUHAMMAD
- 4499
Odinaxon Muhammad Yusuf olima 27 May 2023
Tashna ko'ngillarga murojaat...
Ey ayol, ey nozik xilqat..
Ushbu muborak kechalarni yig'lab o'tkizyapsan. Tonggacha yostig'ing xo'l bo'ladi har gal. Sababi sen bevasan! Ering vafot etib ketgan. Undan senga nima qoldi? Peshonangga “beva” deb bosilgan tamg'a, yetimlar va bir dunyo dardu alam!
Senchi, ko'ngli yarim? Ne umidlarda turmush qurgan eding? Endi nima bo'ldi? To'lg'onyapsan yana tong sahar? Kecha kunduz seni bebaxt qilgan insongga hayollaringda achchiq achchiq gapirsang ham xumoringdan chiqmaysan. Qaytib kelib o'z uyingga sig'mayapsan. Lekin sendan ham holi xarobroqlar bor, huv ana, ko'zlariga uyqu kelmayotgan dugonangga qara, ikkinchi turmushi ham bo'lmadi.
Ha, dugonajon?! Bir o'zingni ayblaysan, bir uni, bir undan avvalgisini. Seni hozir ko'proq odamlarning gap so'zi xijolat qilyapti. Ikki erdan ham chiqqan bo'lib qoldim deysan, avvalgi turmushim ustimdan kuladi deysan. Dunyo ko'zingga qorong'u ko'rinyapti. Qora kigiz, oq kigiz, hammasi bir go'r. O'zingni qo'ygani joy topa olmaysan.
Senchi? Shu kundosh balosi seni hech o'z holingga qo'ymadida?! Bir ering bilan urishasan, bir kundoshing bilan. Savollar ketma ket quyilib kelaveradi. Nega nega... hayoling shundan xoli emas, kamiga tushlaringda ko'rasan. Unga aytasan dardingni, bunga aytasan, lekin dard o'lgur tugamaydi, nihoyasi ko'rinmaydi. Ertayu kech o'sha ofatdan qanday qutulishni o'ylaysan.
Ha, gulim, sening musibating balki boshqalarnikiga qaraganda yengilroqdir? Ha, hali turmush qurmading. Boshqa uyqusizlarga qaraganda sening qayg'uing kichikroq. Lekin bu o'zingga bilinmaydi. Nazaringda eng bebaxt ayol sensan. Oynaga uzoq termulib o'zingdan shubha qilasan. O'zingga o'zing xunik ko'rinasan va baxting ochilmaganining sababini shundan ko'rasan.
Tasavvur qiling, shunday bedor ayollar kechalarini chiroqni yoqib o'tkazishsa, kechaning yorug'i kunduznikidan ziyoda bo'lar edi.
Dugonajonlar, men sizlar bilan birga yashayman. Dardlaringizni tinglayman. Holingizdan xabarim bor. Sizlar haqingizda o'ylayman. Kechalari Robbimning rahmatidan umidvor bo'lib ko'kka boqqanimda, yongan chiroqlaringizni ko'raman.
Kechalarining tengi yo'q, kunduzlarining misli yo'q bu muborak oyda, keling sizlarga bir nasihat qilay, tashna bo'lgan ko'ngillaringizga tasalli beray.
Avvalam bor azizalarim, baxt deganda nimani tushunasiz?
Ha, ayol kishi uchun erlik bo'lish, farzandlik bo'lish baxtdir. Lekin asosiy va yagona baxt shumi? Haqiqiy baxt Allohni tanish va davomli itoatu ibodatda bo'lib, solih banda bo'lish emasmi? Taqdirga iymon keltirmaymizmi? Allohning bizga bergan ne'matlariga shukr qilmaymizmi?
Senga baxtni erkak emas, balki uni yaratgan Zot beradi. Sen baxtni undan emas, Xoliqingddan kutgin.
Oila deganda faqat erni tushuniladimi? Ota onangchi, aka ukalaring va opa singillaringchi? Farzandalaringchi?
Bilginki, erkakning ayolga, ayolning erkakka talpinishi, aslida zurriyot qoldirishga bo'lgan turtkidan o'zga narsa emas. Bu Buyuk Zotning hikmatidir.
Ha, sen bevasan, tinmay noliysan. Lekin bevaning Alloh huzuridagi darojotini bilasanmi? Unga yaxshilik qilish, yetimga yaxshilik qilish bilan barobar ekanligini bilasanmi? Sabr qilsang, qancha ajrga erishishing mumkinligini bilasanmi? Bevalik aslida sen uchun bir oliy maqom ekanligidan xabaring bormi?
Qayg'urishdan ne foyda? Farzandingni tarbiyasi bilan shug'ullan. Bilasanmi, qanchadan qancha ulamolar, ulug' insonlar yetim bo'lishgan, otasiz o'sishgan, ularga onalari ham ona ham ota bo'lganlar. Farzandlarini ulug' insonlar qilib yetishtirganlar.
Ammo senchi? Ajrashdingmi, mayli, undan avval ham usiz yashagansan, undan keyin ham yashaysan. Shoyad undan ajrashishingdan xayr va hikmat bo'lsa? Balki hali birga yashayotgan bo'lsang, hayoting jahannamga aylanishi mumkin edi. Bu narsa yaxshi ayollarning boshidan ham o'tgan, ulug' ayollarning boshidan ham o'tgan, hatto Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning qizlari ham bundan salomat qolmagan.
Dugonajon, ikkita turmushing ham barbod bo'ldimi? Mayli, Allohning rahmatidan noumid bo'lma. Boriga shukr qil. Hayot tugadi degani emas bu. Balki ikkinchi bor turmush qurganingda yaxshi niyat qilmagandirsan. Balki u to'g'ri niyat qilmagandir. Sen ko'nglimga qaraydi, bolalarim boshini silaydi degandirsan. U esa, tayyorgina, og'irligini menga solmaydi degandir. Alloh uchun deyilmagandir. Allohning roziligi uchun deyilmagandir.
Adolat istayotgan ayol! Kundoshingni ham eringni ham o'z hollariga qo'y. Qiyomat kuni ular uchun sen javob bermaysan. Haqsizlik qilishayotgan bo'lsa, o'zlari javob berishadi. Sen o'zing nima deb javob berishingni o'yla. Hali unga hali bunga shikoyat qilishni bas qilib, hamma ish O'z qo'lida bo'lgan Robbingga shikoyat qilgin, qadariga rozi bo'lgin, ne'matiga shukr qilgin. Menga teng qildi ya deb kuyaverma. Faqatgina Allohga tengdosh qilib bo'lmasligini esingda tutgin.
Ha, gulim?! Alloh bandalaring suratiyu jamoliga emas, qalblari va amallariga nazar solishidan bexabarmisan? O'zingni tuzab, birortasiga yoqarmikinman, deysanu, Robbingni rozi qilishga urunib ko'rasanmi hech? Balki sening shu holating, sen havas qilgan ko'pgina dugonalaringning holatidan ko'ra afzaldir? Ular turmush qurib, ibodatga ko'p ham bo'sha olmayotgandirlar, taqvolar susaygandir. Senda ularga qaraganda, ibodatga fursat ancha keng!
Keling azizalarim, Ramazonni g'animat bilaylik. Ko'ngillar tashnaligini Alloh bandasining muhabbati bilan emas, Allohning muhabati ila serob qilaylik. Vujudimizdagi bo'shliqni Allohning ishqi va Rasulining ishqi ila to'ldiraylik. Kechalari baxtsizligingizni o'ylab yig'lamang, Allohdan qo'rqib yig'lang. Keraksiz o'y fikr, hayollarni deb bedor bo'lmang, ibodat uchun bedor bo'ling. Kunduzi ro'zador bo'lib, g'iybatchilik, noshukrchilik qilmang, zikr qiluvchi, shukr qiluchi bo'ling. Ramazonning har daqiqasidan foydalaning. Ming kechadan xayrli kechani qo'ldan qochirmang.
Kunduzlari ro'zador bo'lar ekansiz, tilovat qilar ekansiz, kechalari qoim bo'lib ibodat qilar ekansiz, sizni ulug'lagan Allohni ulug'lang. O'zidan umid qiling, O'zigagina yolboring, O'zidangina so'rang.
Ayollarni erkalagan, ummatlarining erkaklariga ularga yaxshilik qilishni vasiyat qilgan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga salovotu salomlar aytishdan erinmang.
Biror ayolning eri vafot etsa, yoki ajrashsa, iddasi tugashi bilan eshiga oldida nafslari uchun emas, savob umidida sovchilikda navbat bo'lib turadigan sahobai kiromlarga ham salovotu salomlar yuboring.
Uyida erkak bo'lmas, ko'chaga chiqarib qo'ygan chelaklariga suv to'ldirib kelib bergan mard erkaklarning haqqiga duo qiling va farzandingizni xuddi shunday tarbiya qiling.
Siz mo'minlar onalaridan, sahobiyalardan o'rnak olib, ular tutgan yo'lni tutinki, sizlarga ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xulqlari ila xulqlangan, sahobalarga o'xshash erkaklar nasib qilsin.
Agar siz shu aytilgan narsalarga amal qilsangiz, sizning g'amu anduhlaringizga shohid bo'ladigan chiroqlarga hojat qolmaydi. Balki ularning o'rniga ulardan afzal bo'lgan, yana ham yorqin bo'lgan Rahmoniy nur paydo bo'ladi va sizlar tomon nazar solgan insu jinlar:”Bechora baxtsizlar” deb emas, “Eng baxtli mo'minalar”, deya havas ila qaraydi.
Muallif: Odinaxon Muhammad Yusuf
- 4729
Nozimjon Hoshimjon Voiz, Tarjimon 23 Avg 2022
Baxt kalitlari
Er erta tongda uyqudan turdi. Nonushtani qilib bo'lgach, kiyimlarini kiyib, ishga jo'nashga chog'landi. Ofisning kalitini olish uchun o'zining kitoblari turadigan xonasiga kirdi. Qarasa, stolning va kompyuter turadigan xonning usti qalin chang bilan qoplangan ekan.
Ohistalik bilan u yerdan chiqdi va xotiniga: “Ayolim, sevgilim, xonamga kirib, stol ustidan kalitlarimni olib chiqib ber” dedi. Ayol kalitlarni olish uchun haligi xonaga kirdi.
Kalitlarni olib, endi chiqmoqchi edi, xon ustidagi changning o'rtasiga barmoq bilan: “Xonimim, seni sevaman. Ey umrimning yo'ldoshi, seni juda ham sevaman” deb yozib qo'yilibdi. Ortga qayrilib, xonadan chiqmoqchi edi, kompyuter turadigan xonning ustidagi changning
o'rtasiga ham barmoq bilan: “Xonimim, seni sevaman. Ey umrimning yo'ldoshi, seni juda ham sevaman” deb yozib qo'yilibdi.
Ayol xonadan chiqib, kalitlarni eriga uzatar ekan, yuzida tabassum ko'rinardi. Go'yoki, u erining nima demoqchiligini tushungandek, bundan keyin uyining tozaligiga jiddiy e'tibor berishga qasd qilgandek edi. Ha, bu hodisa xato qilgan ayoliga yomon muomala qilmasdan, balki uning xatosini go'zal shaklda tushuntirib, noqulay va ko'ngilsiz vaziyatni hursandchilikka aylantirgan aqlli erning uyida sodir bo'lgan. Mana shu haqiqiy muhabbat, haqiqiy baxtiyor oiladir. Zero, oilaparvar dinimiz islom ham bizlarni ana shunday muloyimlikka, og'ir vaziyatlarni ham yumshoqlik bilan hal etishga chorlaydi. Alloh taolo yurtimizdagi barcha oilalarni baxtiyor oilalardan qilsin, omin!
Nozimjon Hoshimjon
- 4152
Rahmatulloh qori Sayfuddinov imom, voiz 23 Iyun 2022
Rasulullohning bizga ibrat sifatlari
Hazrati Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam Rabiul avval oyining o'n ikkinchisi, dushanba kuni tavallud topdilar. Otalarining ismi Abdulloh, onalarining ismi Omina bo'lib, ular Rasulullohning yoshlik vaqtlarida vafot etishgan, bobolari Abdulmuttallib, keyinchalik amakilari Abu Tolib tarbiyasida kamolga yetdilar.
Rasululloh tug'ilgan vaqtlarida bir qancha g'ayri-oddiy ishlar ro'y bergan. Ka'badagi butsanamlar yiqilgan, Eron shohi Xusravning saroyi tebranib, butlar yiqilib yerga tushib singan. Otashparastlarning ming yildan beri yonib turgan o'tlari o'chdi, Sova ko'li toshib, o'sha
mamlakatda suv toshqini bo'lgan. Bu alomatlar islom dinining kelishidan yer yuzidagi gumroh xalqlarni ogoh qilmoq uchun Haq taolo yuborgan mo''jizalar edi aslida.
Tangri taoloning amri bilan, barcha buyuk payg'ambarlarning eng oliy sifatlari, ya'ni – Odam Atoning yaxshi xulq-atvori, Shisning ilmu donishi, Nuhning jasorati, Ibrohimning shafqati, Ismoilning fasohati, Is'hoqning kamtarligi, Mutning farosati, Ya'qubning top- qirligi va epchilligi, Yusufning husn-jamoli, Musoning salobati va sabot-matonati, Yunusning halimligi, Isha'yyo- ning ustuvorligi, Dovudning xayrixohligi, Doniyolning mehri va qalbi, Ilyosning olijanobligi, Yahyoning musaffoligi, Iysoning taqvodorligi bu buyuk zotda mujassam
bo'lgan. Alloh taolo payg'ambarimiz Muhammad alayhissalomga hech kimga bermagan bu dunyo va oxiratning kamolotlarini ato etgan.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam yoshlik paytlaridan go'zal odob-axloqda voyaga yetdilar. U zotning eng chiroyli ilohiy odob-axloqda tarbiya topganlari haqida Alloh taoloning O'zi xabar berib bunday deydi: “Albatta, Siz buyuk
xulq uzradirsiz”! Darhaqiqat, oliy va go'zal xulqda bo'lish barcha payg'ambarlarga va shu jumladan, oxirgi zamon payg'ambari Hazrati Rasuli akramga berilgan ilohiy ne'matlardan bo'lib hisoblanadi.
Hadisi sharifda ham quyidagicha vorid bo'lgan:
“Meni Parvardigorim tarbiya qildi va tarbiyamni mukammal etib go'zal qildi”.
Darhaqiqat, buyuk zot bo'lgan Rasuli akram sollallohu alayhi vasallamga ergashish, u zotni chin dildan sevish, ta'limotlariga amal qilib, dunyo va oxirat saodatini topish yo'lida harakat qilishimiz, qiyomat kunida shafoatlaridan umidvor bo'lishimiz lozimligini quyidagi oyati karima ta'kidlaydi:
“Ayting (ey, Muhammad!): “Agar Allohni sevsangiz, menga ergashingiz. Shunda Alloh sizlarni sevadi va gunohlaringizni mag'firat etadi. Alloh kechiruvchi va rahmlidir. Ayting: Alloh va Payg'ambarga itoat etingiz! Agar yuz o'girsalar, Alloh, shubhasiz, kofirlarni sevmas”.
Demak, Hazrati Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni chin dildan sevish, u zotga haqiqiy ummat bo'lishga harakat qilish Alloh taolo muhabbatiga, gunohlarni mag'firat qilishiga olib kelar ekan. Chunki, u zoti sharif barchaga barobar oxirgi zamon payg'ambari qilib
yuborilgandirlar. Zero, Haq taboraka va taolo O'zining irodasi va qudrati bilan Janobi Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamni oxirgi elchisi etib butun insoniyatga, barcha olamlarga rahmat Payg'ambari qilib yuborganini bayon qilib, bunday deydi:
“(Ey, Muhammad!) Biz Sizni (butun) olamlarga ayni rahmat qilib yuborganmiz” Imom Nasoiy, Ahmad, Bayhaqiylar Ubay ibn Ka'b roziyallohu anhudan rivoyat qilishgan hadisda: “ Sahobayi kiromlar Rasulullohdan dushanba kunida ro'za tutish haqida so'raganlarida
Payg'ambar alayhissalom bunday deganlar:
“Shu kunda men tavallud topdim, shu kunda menga payg'ambarlik yuborildi yoki shu kunda menga vahiy nozil bo'ldi”.
Insondagi ulug'lik va kamolot fazilatlari ikki turlidir: birinchisi, dunyoviy xislati, zaruriya bo'lib, u inson tabiati va yashash ehtiyojidan kelib chiqadi, ikkinchisi, diniy xislati qasbiya bo'lib, bu sifatga erishganlar maqtovga sazovor va Allohga yaqinlashganlar jumlasiga kiradi. Dunyoviy xislati zaruriya kasbiy bo'lmaydi, u insonning ixtiyoriga bog'liq ham emas. Masalan: payg'ambar alayhissalomning yaratilishlaridagi tabiiy kamolotlari, husndagi go'zalliklari, aqliy zakovatlari, idroklarining yuksakligi, tillarining fasohatliligi, his-tuyg'u va
badanlarining kuchliligi, harakatlarining mo''tadilligi, nasablarining tozaligi, qavmlari va yurtlarining mo''tabarligi kabi xislatlar bo'lib, yashash zarurati taqozo etadigan ovqat, uyqu, kiyim-kechak, turar-joy, mol-mulk va obro'-e'tibor kabilar shu jumlaga mansubdir; din,
ilm, muloyimlik, sabr, shukr, adolat, haqqoniylik, ta'madan yiroqlik, kamtarlik, kechirimlilik, iffat, saxiylik, shijoat, hayo, odamgarchilik, kamgaplik, tamkinlik, og'ir-bosiqlik, mehr-shafqat, husnixulq, yaxshi muomala kabi yuksak axloq-odobning barchasi oxiratga
mansub xislati kasbiya sanalib, bular go'zal axloq deb ataladi. Insonda mavjud tabiiy yo'sindagi g'ayrikasbiy kamolot xususiyatlarining barchasi payg'ambar alayhissalomning vujudlarida mavjud edi.Mustaqil va aziz yurtimiz taraqqiyoti va obodligi, xalqimizning
tinch va osoyishtaligi yo'lida barakali mehnat qilishimizda, barcha oilalar mustahkam va farovon bo'lishida, sevimli farzandlarimiz har tomonlama barkamol tarbiya topishlarida Janobi Payg'ambarimizning yo'l-yo'riqlari, go'zal odob-axloqlari va siyrati sharifalari
hamisha ilhom berishi va ruhlantirib turishi kerak. Payg'ambar alayhissalomning rang ro'ylari benihoya chiroyli, gavda tuzilishi va a'zolarining mutanosibligi rivoyatlarda bunday tasvirlanadi: Payg'ambar alayhissalomning yuzlari oppoq, nuroniy, ko'zlari katta,
qorachig'lari timqora, oqi qizg'ishga moyil, kipriklari quyuq, qoshlari uzun, ingichka, qirra burunlarining uchi xiyol egilgan, tishlari guruch donasidek oppoq, orasi ochiqroq, peshonalari keng, yuzlari dumaloq, soqollari quyuq, ko'kraklari keng, gavdali, bilaklari uzun, kaftlari,
oyoqlarining tovoni keng, o'rta bo'y, miqtidan kelgan, jundor odam edilar; ko'kraklarida pastga qarab o'sgan mayin yollari bor edi, kulganlarida tishlari xuddi marvarid donalaridek yarqirab ketardi, gapirganlarida shulalanib, og'izlaridan nur taralayotgandek bo'lardi,
bo'yinlari ham gavdalariga g'oyat mos edi.
Baro ibn Ozib: "Umrimda qora sochlari quloqlarini bosib tushgan, qizil to'nli payg'ambar alayhissalomdan kelishganroq odamni ko'rgan emasman", deydi.
Abu Hurayra: "Men rasulullohdan ko'ra chiroyli odamni ko'rmaganman. Quyosh xuddi u kishining yuzidan balqigandek tuyulardi, kulganida yuzidan nur yog'ilib, shulasi devorlarga tushardi", deb eslaydi. Ibn Abu Holaning hadisida: "Payg'ambar alayhissalomning yuzi xuddi o'n to'rt kunlik oydek nurlanib turardi", deyilgan. Hazrati Ali rasululloh haqida gapirib: "Payg'ambar alayhissalomdastlab ko'rgan odamga vajohatli tuyulardi, yaqindan bilgandan keyin esa eng suyukli kishisiga aylanib qolardi. Men rasulullohdek odamni avval ham, keyin ham ko'rmadim", deydi.
Payg'ambar alayhissalom tozalikda, xushbo'ylikda, ifloslik va najosatdan yiroqlikda alohida xususiyatlarga ega edilarki, bunday fazilatlar u zoti muborakdan boshqa kishida topilmasdi. Alloh taolo rasulullohni shariatining pokizaligi bilan yanada yuksak kamolotga erishtirdi.
Payg'ambar alayhissalom: "Islom dini pokizalik asosiga qurilgan", deya marhamat qilganlar. Anas: "Payg'ambar alaihissalomdagi xushbo'y hid men hidlab ko'rgan anbarlarning, iforning va boshqa mushku anbarlarning atridan yoqimliroq edi", degan. Jobir esa "Payg'ambar alayhissalomyuzimni silab qo'ygan edi, u kishining qo'lidan xuddi attor (atr sotuvchi)ning qutisidan taralgandek dimog'imga gup etib xushbo'y is urildi", deydi. Ko'plarning ta'kidlashicha, sarvari olam xushbo'y narsalarni iste'mol qilsalar ham, qilmasalar ham u kishi bilan ko'rishgan odamning qo'lidan kechgacha yoqimli hid kelib turarkan. Agar rasululloh, biron bolaning boshini silab qo'ysalar, kechgacha o'rtoqlari uning yonidan ketolmay qolisharkan.
Imom Buxoriy katta tarixida Jobirdan rivoyat qilishicha, mushk-anbar ufurib turgan ko'chadan yurgan odam bu yerdan shubhasiz rasululloh o'tganlarini bilar ekan.Payg'ambar alayhissalom aqlda komilliklari, zehnlari o'tkirligi, hissiyotlarining kuchliligi, tillarining biyronligi, harakatlarining chaqqonligi, ahloqlarining go'zalligiga qaraganda u zoti muborakni hech shubhasiz eng aqlli va eng hushyor inson deb e'tirof etish kerak. Sarvari olam ilgari o'qib, xat-savod chiqarmagan, maxsus saboq olmagan, dunyoviy va diniy kitoblarni ko'rmagan, bo'lishlariga qaramay odamlarga juda ko'p ilmlarni o'rgatdilar, shariatni barpo etdilar, odamlarning shaxsiy va jamoat ishlarini boshqarishlari, xalqqa qo'llagan siyosatlari, betakror xulq-atvorlari va ajoyib turmush tarzlari u kishi aql-zakovatda komil, idroklari teran zot ekanliklarini isbotlab turibdi. Payg'ambar alayhissalomnamoz o'qiyotganlarida orqadagi narsalarni ham xuddi oldilaridagidek aniq-tiniq ko'rardilar.
Payg'ambar alayhissalomning tili benihoya fasohatli va chuqur ma'noli edi. Gaplari sun'iylikdan xoli, ravon, jumlalari lo'nda, qisqa, tushunarli, fikri aniq, mazmunli, takallufsiz va chuqur ma'noli edi. U kishi arab tilining lahjalarini, hikmatli so'zlarini ko'p bilardilar..
Haq taolo barchamizni ikki olam sarvari Hazrati Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga chin ummat bo'lishga muyassar etib, ikki dunyo saodatiga musharraf aylasin!
Muallif Rahmatulloh qori
- 5344
Husaynxon Yahyo Abdulmajid Xofizi qur'on 23 Iyun 2022
Bobom so'zin tushungim kelar...
Maqolamiz qahramoni bir katta shaharda hokim bo'lgan, ulkan mamlakatda bosh vazir vazifasida ishlagan buyuk shaxs. U – hayotini halq manfaati uchun bag'ishlagan fidokor. U – o'nlab madrasalar qurgan, yuzlab masjidlar barpo qilgan, el uchun anhor-ariqlar qazdirgan ixlosli mansabdor. U – kunduzlarini xalq xizmatida, tunlarini Haq ibodatida o'tkizgan obid banda. Zotan u to'qqiz yoshda Qur'oni Karimni to'la yod olgan, balog'at yoshiga yetib-yetmasdanoq zo'r mullo, komil musulmon bo'lib yetishgan, olim, fozil inson, Qur'oni Karim, tafsir, fiqh, hadis, balog'at, she'riyat, adabiyot, tilshunoslik, falsafa va boshqa ilmlarni egallagan zabardast alloma. Siz qahramonimizni yaxshi tasavvur qilib oldingiz-a? Endi u inson haqida uni tanimagan yoki tanib, o'zini tanimaslikka olgan kishi tomonidan «U aroqxo'r odam ekan, boz ustiga bir qizga xushtor bo'lib qolib, aqlidan ayrilay debdi. Yoshi oltmishga borib
qolganiga qaramay, qirq yildan buyon o'sha ma'shuqasini maqtar, unga yetisholmay, bor-budini xazon qilgan ekan» degan gapni eshitsangiz, bunga qalbingiz ishonadimi? Aqlingiz bovar qiladimi?! Yo'q, albatta!
Qahramonimiz ismi sharifi Alisher. Ixlosli, fazilatli musulmon oilasida dunyoga kelgan. Yoshligidanoq o'ziga «Navoiy» degan taxallusni ixtiyor qilgan. Keling, endi maqsadga o'taylik.
Navoiyning she'rlari besh-olti yoshimdayoq qalbimni o'ziga rom etgan edi. Yoshim ulg'ayib, aqlim to'lib, bilimim ortgan sayin Navoiyning ijodi bilan ko'proq tanishishga, uning maqsadlarini tushunishga bo'lgan ishtiyoqim va imkoniyatim ortib borardi. Ba'zan o'ylab qolar edim: «Nahotki, shunday buyuk shaxs bir qizning ishqida shuncha devonlar, dostonlar yozib yuborgan bo'lsa?! Shahvatparastlik hech qachon inson farzandiga sharaf olib kelgan emas. Navoiyning so'zlarida o'ziga xos bir atamalar, majoziy me'yorlar bo'lishi kerak.
Nafs istaklarini qondirishni birlamchi g'oyaga aylantirib olgan hozirgi kishilar oldida ham birorta shoir ayollarni yoki ichkilikni maqtash bilan obro' topgani yo'q. Islomiy tasavvuf gurkirab yashnagan, axloqiy me'yorlar bosh qonun bo'lgan davrda butun xalq orasida, olimu
fozillar, podshohu vazirlar, ahli tasavvuf va zohidlar qoshida qandaydir shilqimona oldi-qochdilar bilan beqiyos hurmatga sazovor bo'lish mumkinmi?! Yo'q! Aslo mumkin emas! Navoiy boshqa narsani nazarda tutgan bo'lsa kerak. Uning o'ziga xos uslubi bo'lishi kerak».
Bunday fikr faqat mening emas, menimcha, har qanday oddiy aql sohibining xotiriga kelgan. Qolaversa, ustozlarimizdan biri aytganidek, hozir ham agar biror vazir o'zi haqida «falon vazir falon qizga xushtor bo'lib qolibdi» degan gapni eshitsa, bu gap rost bo'lgan taqdirda ham, o'sha gapni aytgan odamni, kerak bo'lsa, o'limga hukm qiladi. Aslida bir mamlakatning vaziri bo'lib turgan, tasarrufida hisobsiz boylik qalashib yotgan erkak uchun bitta qizni o'zining xohishiga yurgiza olmaslik aqlga ham, voqe'likka ham to'g'ri kelmaydi.
Demak, bu yerda boshqa gap bor. Xo'sh, nima qilish kerak?
Navoiyni tushunish uchun Navoiyning davriga qaytish kerak, albatta. Ma'lumki, Alisher Navoiy davrida boshqa ilmlar qatori tasavvuf ilmi ham rivojlangan edi. Alisher Navoiy ham naqshbandiya tariqati soliklaridan edi. Binobarin, Navoiyni tushunish uchun islomiy ilmlarni, jumladan tasavvuf ilmini ham bilish lozim bo'ladi. Har bir ilmning o'ziga yarasha atamalari bo'lganidek, tasavvufning ham o'ziga xos
atamalari bo'lishi tabiiy. Ibn Sinoning so'zlarini tushunish uchun tabobat atamalarini, Forobiyning fikrlarini ilg'ash uchun falsafiy iboralarni, muhaddislarning so'zlarini anglash uchun hadis ilmi istilohlarini bilish lozim bo'lganidek, tasavvuf ahlining so'z-iboralarini to'g'ri tushunish uchun ham ularning o'zlariga yarasha atamalarini tushunish kerak bo'ladi.
Masalan, «sahih» degan so'z lug'atda «sog'lom, to'g'ri», fiqh ilmida «to'g'ri, xato emas», hadis ilmida «ishonchli», sarf ilmida «illat harflardan xoli so'z», tabiblarda «sog'-salomat» degan ma'noda tushuniladi. Binobarin, «sahih» so'zini qaysi ma'noda tushinish bu
so'zning qaysi ilmga oid kitobda kelayotganiga qarab ta'yin topadi. Yana bir misol uchun «vazn» so'zini olaylik. Bu so'z umumiy holatda «og'irlik» ma'nosini bildiradi. «Falon narsaning vazni faloncha gramm», deganga o'xshash. Ammo bu so'z she'riyatda kelsa, ma'lum ritmga ega ma'lum bo'g'inlar yig'indisi tushuniladi. Sarf, ya'ni morfologiyada esa bu atama so'zlarning «fa», «'ayn», «lam» muqobilidagi holatini ifodalaydi. «Vazn» so'zining istilohiy ma'nolaridan bexabar odamdan «Navoiy» qaysi vaznda?» deb so'ralsa, hech narsani
tushunmay turishi turgan gap. Sarf istilohidan xabardor kishigina bu savolga «Fa'oliy vaznida», deb javob berishi mumkin. Aruz istilohlarini bilgan inson esa «fa'ulun» vaznida deb javob qiladi. Xuddi shuningdek, tasavvufga doir so'z va asarlarni ham tasavvuf
istilohlarisiz tushunish imkonsiz.
Har bir ilmning atamalarini o'sha ilmning mutaxassislaridan o'rganilganidek, tasavvuf ahlining istilohlarini ham o'shalarning
o'zlaridan o'rganish kerak. Bu o'rinda taxmin bilan ish ko'rish, o'zboshimcha «ijodiy» yondashuv, bu ilmdan xabarsiz holatda og'ziga kelganini gapirish yoki «o'tmishni hozirga moslab talqin qilish» qabiliga o'tish yaramaydi. Kamina shu maqsadda Islom ulamolarining turli islomiy atamalarni, xususan tasavvufiy istilohlarni yoritgan asarlariga murojaat qildim. Shundan keyingina men uchun mushkul bo'lib turgan bir qancha savollarga o'zimda javob topgandek bo'ldim.
Tasavvuf ilmi ham, boshqa islomiy ilmlar kabi, Islomning ilk davrlarida alohida ilm sifatida shakllangan emas edi. Balki musulmonlar bilgan Qur'on va sunnat ilmlarining ichida umumiy tarzda o'rganilar edi. Vaqt o'tishi bilan Qur'on va Sunnatdan olingan ilmlar
turli sohalarga ajralib, alohida-alohida ilm sifatida shakllana bordi. Har bir sohaning o'ziga yarasha mutaxassislari yetishib chiqa boshladi. Shu qatori Islomda insonning axloqiga, qalbiga, ruhiy tarbiyasiga oid ilmlar ham bir to'plam bo'lib ajralib chiqdi. Bu ilmga doir
bilimlarni jamlab, alohida rivojalantirish uchun maxsus ulamolar yetishib chiqdi. Ular o'zlarining sahobai kiomlar va tobeinlardan olgan ilmlari hamda hayotiy tajribalaridan kelib chiqqan bilimlarni alohida kitoblarga tushirishga kirishishdi. Keyin bu ilmga «tasavvuf» deb nom berildi. Musulmonlarning orasida ushbu ilmga alohida berilgan, asosan qalbga doir ilmlar bilan shug'ullanadigan, zamona fitnalaridan o'zini uzoqroqqa olib qochadigan, toat-ibodat, taqvo va qalb islohiga hammadan ham ko'proq harakat qiladigan
kishilar paydo bo'ldi. Ana o'sha kishilar «zohidlar», «obidlar», keyinroq «so'fiylar» deb nom oldi.
So'fiylarning ba'zilarida o'zlaridagi ruhiy o'zgarishlar, ma'naviy kamolot bosqichlari, qalbalarida hosil bo'layotgan kechinmalarni sir tuta olmay, aytib yuborish holatlari yuzaga keldi. Bunday botiniy holatlarni hammaga ham aytish ravo bo'lmasligini bilgan ba'zi kishilar o'zlariga xos atamalarni o'ylab topishdi. Ular bu bilan o'z kechinmalarini faqatgina o'zlariga o'xshagan holatdagi kishilar tushunadigan tarzda bayon qilishni iroda qilishgan edi. Buning uchun so'zlarni omma ishlatib yurganidan boshqa ma'nolarda ishlatish kerak edi. Qolaversa, agar ular o'zlarining ichki holatlarini namoyon qilib qo'yishsa, tushunmagan, ularning holatini his qila olmaydigan ayrim insonlar ularga ta'na qilishi ham muqarrar edi.
Ular ana shu majoz yo'li bilan ham o'zlaridagi holatni izhor qilishga va ayni paytda maxfiy tutishga erishdilar. Qalb dardini to'kish bilan birga riyodan ham saqlana oldilar. O'zlariga ergashganlar uchun ibrat yaratish bilan bir vaqtda ularni inkor etuvchilardan o'zlarini to'sa oldilar. Shu bilan birga, o'sha his va kechinmalarni majoz bilan ifodalashda o'ziga yarasha zavq hamda balog'at va fasohatning namoyishi ham bor. Balki ularning ruhiy olamlarida ro'y berayotgan holatlarni jo'n so'z bilan ifoda qilishning imkoni ham yo'q edi. Abdurrahmon Jomiyning aytishicha, bunday yo'lni birinchi bo'lib tutgan shaxs, Zunnun Misriy bo'lgan.
Har qanday murakkab va keng ilmning ham boshlanish nuqtasi kichik va sodda bo'lgani kabi, tasavvuf atamalari ham ilgargi holatida uncha ko'p bo'lmagan. Ammo vaqt o'tishi bilan bu maydon ham kengayib ketdi. Tasavvufiy istilohlar ikki qismga: haqiqiy va
majoziylarga bo'lindi. Haqiqiy ma'nodagi istilohlarga misol tariqasida «tavba», «riyo», «uzlat», «ixlos», «muhabbat» kabi so'zlarni keltirish mumkin. Majoziy istilohlarga «fano», «baqo», «ishq», «hijron», «zulm», «ahdga vafo», «yor», «dildor» kabi so'zlarni keltirish
mumkin. Avvalgi qismning aksari Qur'on, Sunnat va salafi solihlarning so'zlaridan olingan bo'lsa, keyingi qism atamalar, yuqorida aytib o'tganimizdek, o'z holatini ommadan yashirish maqsadida paydo bo'lgan. Ehtimol, ular hali kelajakda jinsiy maylni hayotning bosh maqsadi qilib oladigan hozirgidek jamiyatlarning kelishini tasavvur ham qila olmagandirlar.
«So'fiylar istilohi» deganda «so'fiyning ilohiy visolga yetishish yo'lida qilgan poklanish, xulqlanish va yetishishdan iborat uch bosqichli ruhoniy safari asnosidagi zavqiy tajribalarini aks ettiruvchi tushunchalarni ifodalovchi so'zlar» nazarda tutiladi.
Tasavvuf istilohlarining shakllanishi va boyib borishida Qur'oni Karim, Sunnati nabaviyya, salafi solihlarning hikmatlari katta o'rin egallagan bo'lsa, shu bilan birga boshqa ilmlarning, jumladan falsafaning ham ta'siri katta bo'lgan. So'fiylarning istilohlari boshqa
ilmlardagi istilohlardan shunisi bilan farq qiladiki, bu istilohlar muayyan bir ma'noga bog'lanib qolmay, bir necha irfoniy ma'nolarda ishlatilishi mumkin. Ularning qaysi ma'noda qo'llanilganini atrofidagi boshqa so'zlardan chiqarib olinadi. Masalan, «yor» deganda Alloh
taoloni tushunish ham mumkin, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni yoki pirni tushunish ham mumkin, shuningdek, g'aybiy mushohada nazarda tutilishi ham mumkin. Tasavvuf ahlining namoyandalaridan bo'lgan Alisher Navoiyning asralari ham, tabiiyki, o'sha istilohiy ma'nolar asosida talqin qilinishi shart. Aks holda, shunday ulug' shaxsiyatga til tekkizgan, uning omonatiga ham, tarixga ham, ilmga ham xiyonat qilgan bo'lamiz. To'g'ri, yaqin vaqtlardan beri Navoiyning ayrim she'rlarini tasavvufiy sharhlash ham uchrab turibdi. Ammo ular ko'plari birlamchi o'rinda o'zlarining g'ayriislomiy tasavvurlari bilan, ta'bir joiz bo'lsa, havoyi nafslariga muvofiq tarzda sharhlashi kuzatilyapti. Tasavvufiy sharh qilmoqchi bo'lganlar ham muqarrar ilmiy asosga, chin tasavvufiy istilohga tayanmagan. Balki bu sharhlarning aksari mavhum talqinlar, tushunarsiz, gajakdor iboralar, hissiz ta'bir, taxminiy tasavvurlardan boshqa narsa bo'lmay qolgan. Buning ustiga ba'zi bir jur'atli qalamkashlar o'shanday tasavvufiy g'azallarga muxammas bog'lashga ham qo'l tekkizishgan.
Tabiiyki, natija «qovunga qovoqni payvand qilgandek» bo'lgan.
«Ilm har qanday murakkab narsani soddalashtirib beradi» degan qoidaga muvofiq, agar biz o'sha irfoniy she'rlarni muallif nazarda tutgan istilohlar bilan tushunishni yo'lga qo'ysak, o'zimizni ham qiynamaymiz, o'zgalarni ham adashtirmaymiz. Misol uchun birgina baytni sharh qilib ko'raylik:
Tun oqshom keldi kulbam sori ul gulrux shitob aylab,
Xiromi sur'atidin gul uza haydin gulob aylab.
Nasriy bayon:
Oqshom tunda o'sha gulyuzli yor kulbamga shitob bilan kirib
keldi. Yurishi tezligidan gul yuzidan terlar gulob bo'lib quyilardi.
Ma'lumki, Alisher Navoiy uylanmay o'tgan. Agar kechqurun Navoiyning huzuriga hamma g'aflatdalik paytda u kishining sevgan qizi kelgan bo'lsa, bu sir tutilishi kerak. Agar biz baytni mana shu qabilda, boshqacha qilib aytganda, «zamonaviy» tushunadigan bo'lsak, bu bilan Navoiyga faqat isnod keltirishimiz muqarrar. Navoiydek buyuk insonni qo'ying, har qanday o'zini hurmat qilgan odam ham, bunday ish ro'y bergan bo'lsa, uni boshqalardan yashirishi turgan gap. Demak, Navoiy boshqa narsani ko'zda tutgan. Navoiyning maqsadini tushunish uchun u kishining istilohlarini tushunishga urinamiz. Keling, bu baytda ishlatilgan so'zlarni tasavvufiy istilohlar asosida sharh qilib ko'raylik. Bu borada Muhammad Aliy Tahonaviyning «Kashshaf istilahat al-funun», Abdurrazzoq Koshoniyning «Istilahat as-Sufiyya», Dokor Rafiq Ajamning «Mavsu'at mustalahat at-tasavvuf al-islamiy» asarlari bizlarga asos bo'ladi:
Kulba – solikning qalbi;
(solik tariqat yo'lini tanlagan shaxs)
Gulrux (gulyuz) – shuhud olami, ya'ni Alloh taoloning
zotini mushohada qilish holati;
Gul uza hay (yuzdan oqqan ter) – g'aybiy ilhom.
Endi ushbu
izohlar asosida baytning nasriy bayonini ko'raylik:
«Hamma yoqni jaholat zulmati qoplab
turgan bir paytda qalbimda Alloh taoloning zotini mushohada qilish holati yuz berdi. Bu mushohada shu qadar tez ro'y berdiki, uning tezligidan menga g'aybiy ilhomlar hosil bo'ldi». Endi o'zingiz xolis o'ylab ko'ring, Navoiyga nisbatan avvalgi uyatli ma'noni iroda qilish
aqlga to'g'riroq keladimi yoki mana bu irfoniy ma'nolarnimi? Qaysi biri voqe'likka va mantiqqa to'g'ri keladi? Bir tafakkurni ishlatib ko'ring,
Navoiy ahli junun zumrasig'a kirdi, Ilohiy,
Chu aylading ani majnun, O'zingni qil anga Laylo.
To'rt unsur qaydidin to chiqmag'aysen, naf' emas,
Osmoniy to'rt daftarni tutaykim yod bil.
Besha sherin gar zabun qilsang shijoatdin emas,
Nafs itin qilsang zabun, olamda yo'q sendek shujo'.
degan insonga qaysi ma'no munosibroq?!
Keling, yana bir misolni ko'raylik. «Xazoiynul-ma'oniy»ning birinchi g'azalida
Navoiy shunday deydi:
G'ayr naqshidin ko'ngil jomida bo'lsa zangi g'am,
Yo'qtur, ey soqiy, mayi
vahdat masallik g'amzudo.
Bu bayt anchagina ravshan.
G'ayr – Allohdan o'zga barcha narsa;
Ko'ngil jomi – qalb oyinasi, unda Alloh taoloning nuri tajalliy qiladi.
G'am – mone'lik, to'siq;
Soqiy – murshidi komil, insonlarga ruhiy tarbiya beruvchi ustoz.
Mayi vahdat – tavhid zavqi.
Endi baytni mazkur istilohlar asosida nasriy bayon qilib ko'ramiz:
«Ey murshid! Qalb oyinasida unga Alloh taolo tomonidan yetadigan nurning aks etishini to'sadigan zang, ya'ni
Allohdan boshqa biror narsaning naqshi – ta'siri bo'lsa, tavhid zavqichalik uni arituvchi,
tozalovchi narsa – «g'amzudo» topilmaydi».
«Tavhid» deganda qalb tubidan Alloh taoloni barcha jihatdan yagona, mutlaq tanho deb e'tiqod qilish, faqat Allohni rioya qilish, faqat
uni o'ylash nazarda tutiladi. Shuningdek, «vahdat mayi» deganda tavhid kalimasini ham tushunish mumkin.
Hazrat Navoiy uning aytgan so'zlarini maqsaddan buradigan, noto'g'ri talqin qiladigan kishilar ham uning asarlarini o'qib, tashviq qilishlari mumkinligini sezgani uchun devonining eng birinchi g'azalidayoq bu nuktaga alohida tanbeh berib qo'ygan. Yuqorida biz
birgina baytini o'qib o'tgan «Ashraqat» deb boshlanuvchi g'azalida yana shunday bayt bor:
Sen gumon qilgandin o'zga jomu may mavjud erur,
Bilmayin nafy etma bu mayxona ahlin, zohido.
«Ey tasavvuf ahlining istilohlaridan bexabar zohirparast! Sen o'ylayotgan mast qiluvchi, aqlni ketkazuvchi, insonni xor qiluvchi sharob va o'sha harom narsa quyiladigan idishdan boshqa ham shartli ravishda «jom» va «may» bor. Bu mayxonani – oriflarning botiniy olami
vakillarini (yoki murshid xonaqosi ahlini) bilmasdan inkor qilib yurma!»
Xulosa qilib aytganda, Navoiyni tushunish uchun Navoiy bilgan va foydalangan bilimlarni, ya'ni Qur'on, Sunnat, shariat, tariqat, tasavvuf va boshqa ilmlarni bilish, o'rganish kerak bo'ladi. O'rganganda ham asl manbalardan o'rganish darkor. Buning uchun, albatta, o'sha davr Islom olamida ilmiy muomalada bo'lgan tillarni yaxshi o'zlashtirib, manbalarni begonalarning tarjima yoki tavsiflari asosida emas, asl holatida o'rganish talab qilinadi. Binobarin, navoiyshunos bo'lishni istagan kishi avvalo islom olimi, tasavvuf bilimdoni bo'lishi, bu
ilmlarni bilibgina qo'ymay, ularni o'z hayotida tatbiq etib, zikr qilingan darajalarni o'zida joriy qilgan bo'lishi lozim. Shundagina u Navoiyni to'la tushungan, u kishining shaxsiyatini to'g'ri anglagan, so'zlarini yaxshi his qilgan bo'ladi. Menimcha, bugungi navoiyshunoslikning
oldida turgan eng katta muammolardan biri shu bo'lsa, ajab emas.
Ulug' bobokalonimizning meroslarini to'la va to'g'ri tushunish hamda shunday talqin qilish, bu oltin merosni haqiqiy, sof holatda keyingi avlodlarga yetkazish biz farzandlarning burchimizdir. Bunday ulkan vazifani sharaf bilan ado qilish baxtini hozirgi ilm va ma'rifat kishilariga, alalxusus, Alisher Navoiyga o'zini avlod deb bilgan sizu bizlarga nasib qilishini Alloh taolodan so'rab qolaman.
Muallif Husaynxon Yahyo
- 5231
Abror Muxtor Aliy al-Hanafiy Faxriy doktor, voiz 23 Iyun 2022
Javrobga mas'h tortamizmi yoki paypoqqami?
Bizlarga Islomni din deb tanlagan, Islomni esa poklik ustiga bino qilgan Alloh taologa hamdlar bo'lsin!
Olamlarga rahmat qilib yuborilgan, Habibimiz Muhammad solallohu alayhi vasallamga salotu salomlar yog'ilsin! U Zotning oilalari va shogirdlaridan Robbimizning o'zi rozi bo'lsin! Ammo ba'du:
Musulmonning har bir ishi ilmiy dalil asosidadir. Islom dini qo'ygan ilmiy asosni tarixda ham, xozir ham hech kim qo'ya olgani yo'q. Ko'r-ko'ronalik ilmning ziddidir. Bugungi kundagi odatiy paypoqqa mas'h tortishlik masalasi ochiq-oydin ilm bilan bo'lmayotganga o'xshab ko'rinadi. Shu sababli ushbu masalada ba'zi izlanishlar qilishga harakat qildik. Kamchiliklarimiz ko'rsatilsa xolis qabul qilamiz. Biz har qanday munozara ilmiy asosda bo'lishligi tarafdorimiz.
Nabiy solallohu alayhi vasallam davrlaridagi javrob bugungi kundagi odatiy paypoqdan farq qiladi. Shuning uchun maqola sarlavhasini “Javrobga mas'h tortamizmi yoki paypoqqami?”, deb qo'ydik. Aslida har qanday so'zning lug'aviy va istilohiy ma'nosi bo'lib, Islom ulamolari dastlab ushbu ta'rifni aniqlab olgach, keyin u xususda o'z xulosalarini bildirishadi.
Abul Fayz Murtazo Zubaydiy shunday deydi:
“Lug'atda javrob deb oyoqni o'rab turuvchi narsaga aytiladi. Javrob arab tiliga forschadan kirgan bo'lib, uning asli “go'ri po”, ya'ni “oyoqning qabri” ma'nosidadir”[1].
Shuning uchun arabchada javrob so'zining ko'plik shakliga “ho” harfi qo'shib, ya'ni “javaribah” deb, uning chetdan kirganligini bildirib qo'yiladi. Imom az-Zarkashiy:[2]
“U oyoqni issitish uchun jundan qilingan qoplamadir”, degan.
At-Tibiy shunday deydi:[3]
“Javrob terini o'rab turuvchi narsadir”. Xuddi shu ta'rif “Majma' al-Bihar”da ham keltirilgan.
Muhammad ibn ash-Shavkoniy[4] shunday deydi:
“Xuf, ya'ni maxsi teridan bo'lib, ikki qadamni o'rab turadi. Jurmuq, ya'ni choriq undan kattaroqdir. Javrob esa jurmuqdan ham kattaroq bo'ladi”[5].
Shayx Abdulhaq ad-Dehlaviy[6] shunday yozadilar:
“Javrob maxsining ustidan sovuqda to'fiqqacha kiyiladigan maxsidir. Uni avvalgi maxsining ostini kir bo'lib, yuvilishidan saqlash
maqsadida kiyiladi”.[7]
Ibn al-Arabiy al-Molikiy[8] shunday deydi:
“Javrob sovuqni to'sish uchun jundan qilingan qadamni o'rab turadigan (oyoq) kiyimidir”.[9]
Ibn Taymiya[10] o'zining “Fatovo”sida:
“Javrob bilan kavushning farqi, javrob jundan, kavush esa teridan qilinganligidadir”, degan.
Badriddin Ayniy[11] aytadi:
“Javrob Shom shahri odamlari qattiq sovuqda kiyadigan narsa bo'lib, uni titilgan jundan yigirib qilinadi. Javrobni qadamga
to'fiqning ustigacha kiyiladi”.
Javrob tukdan ham qilinadi.
Xolid ibn Sa'ddan rivoyat qilinadi:
“Ibn Mas'ud roziyallohu anhu tukdan bo'lgan ikki javroblariga va kavushlariga mas'h tortar edilar”.[12]
Majduddin Fayruz Obodiy[13] o'zining tafsirida javrobga umumiy shomil ma'noni aytib shunday degan:
“Teridan, jundan, tukdan yoki boshqa har qanday narsalardan nafis yoki qalin holda to'qilgan oyoqni o'rab turuvchi narsaga javrob deyiladi. Balki javrob to'qilgan va to'qilmagan narsalarga ham shomildir”.
Al-Halabiy[14]Majduddin zikr qilgan ta'rifdan keyin quyidagilarni aytadi:
“Tafsirdagi javrobning ta'rifi lug'at e'tiboridandir. Lekin urfda tikilmagan bo'lsa ham (oyoqni) o'rab turuvchi narsaga javrob
deyiladi. Javrob tikilgan va tikilmagan bo'lsa ham maxsiga o'xshab kiyiladigan narsadir”.
[15]
Tibiy, Shavkoniy va shayx Abdulhaq o'z tafsirlarida, javrob deb teridan qilingan, maxsidan kattaroq, maxsining turidan bo'lgan narsaga aytiladi, deyishgan.
Ibn al-Arabiy, Ibn Taymiya va Ayniylarning tafsirlarida, javrob jundan qilingan oyoq kiyimi, deyiladi.
Hanafiylarlarning buyuk imomlaridan Shamsul Aimma al-Halvoniy[16] shunday deydi:
“Javrob besh xil narsadan qilinadi.
1- Mir'iziydan;
2- G'ozldan;
3- Qildan;
4- Yupqa teridan;
5- Kirbosdan.
Ibn Nujaym[17]Shamsul Aimmadan rivoyat qilib, ushbu besh narsani ta'riflab, jumladan:
“Mir'iziy echkining yungi ostidagi mayin tukdir. G'ozl jundan yigirilgan ipdir. Kirbos paxtaning ipidan to'qilgan matodir”, degan.[18]
Ibrohiym Muhammad ibn Ibrohiym al-Halabiy aytadi:
“Kirbos har qanday ip turidan bo'lgan narsaga aytilaveradi. Kanop, ibrisim ya'ni ipak kabilarning ham kirbos deyish mumkin”.
“Baxrur Roiq”ning xoshiyasida javrobning ta'rifidagi ixtilof ikki jihatdandir:
1- U nimadan qilinishi to'g'risidagi ixtilof;
2- Uning miqdori to'g'risidagi ixtilof, deyilgan.
Alloma Abu Tiyb Shamsul Haq[19] ushbu ikki turdagi ixtilofni zikr qilib o'tgach, quyidagilarni aytadi:
“Ushbu ixtilof, yana Alloh o'zi bilguvchiroq, lug'atshunoslarning javrobni turli izohlashlari sababli yoki javrobning turli diyorlarda ko'rinishi va yasalishi turli xil bo'lganligi sababli paydo bo'lgan. Ba'zi joylarda javrob teridan qilingan va ba'zi o'lkalarda jundan yasalgan bo'lsa,
yana boshqa o'rinlarda har qanday turdagi matodan tayyorlangan. Kim javrobga ta'rif aytsa, o'z yurtidagi javrobning ko'rinishini ta'riflagan. Har kim o'zida borini, ko'rganini aytgan”.[20]
Muborakfuriy[21] aytadi:
“Ushbu turli xil izoh va tushuntirishlarni jamlash mumkin. Javrob “Qomus”ning sohiblari aytganidek nimadan bo'lishidan qat'iy nazar oyoqni o'rab turadigan narsadir. Lekin javrobni teridan, jundan, tukdan yoki boshqa narsadan bo'lishi to'g'risidagi so'zlar har kimning o'z yurti hunarmandchiligi e'tiboridandir. Vallohu A'lam”.[22]
Yana Muborakfuriy javrobning istelohiy ma'nosi xususida so'z yuritib, shunday deydi:
“Mazhablar o'rtasida javrobga mas'h tortish bo'yicha rang-barang qarashlar mavjud. Mening nazdimda eng kuchli so'z imom Tahoviyning “Sharhul Osor”da aytgan so'zidir:
“Biz, javrob agar qalin bo'lsa, unga mas'h tortishning zarari yo'q, deymiz. Batahqiq, Abu Yusuf va Muhammad rohmatullohi
alayhimlar ham xuddi ushbu so'zni aytishgan. Ammo Abu Hanifa rohmatullohi alayh, javrobga mas'h tortish uchun uni qalin bo'lishi bilan birga, teridan ishlangan bo'lishini ham shart qilganlar. Shunda javrob go'yo maxsi kabi bo'ladi, degan.[23]
Hanafiylarning kitoblaridan bo'lmish “Sharhul Viqoya”da:
“Javrobning ikkisi ham zich to'qilgan bo'lishi, ya'ni uni bog'lab olmasa ham to'fiqda o'zi turishi kerak. Yana kavush qismi teridan bo'lishi lozim. Agar javrob zich to'qilgan bo'lib, kavush qismi teridan bo'lmasa Abu Hanifaning nazdlarida unga mas'h tortish joiz emas. Lekin ikki shogirdlari javrob zich to'qilgan bo'lishining o'zi mas'h tortishga kifoya qiladi deyishgan. Abu Hanifa ikki shogirdlarining gapiga qaytgan va fatvo ham shungadir”, deyilgan.
Yana “Sharhul Viqoya”da shunday deyilgan:
“??????” al-Muna'al “ ???????”
at-Tan'ildan olingan bo'lib, javrob qadamining ostiga xuddi kovushga o'xshatib teri qo'yishga aytiladi.
“??????” al-Mujallad “???????” at-Tajliddan olingan bo'lib, javrobning yuqori va quyi qismini teri bilan qoplashga aytiladi”.
Hanafiy mazhabining javrob xususidagi umumiy qarashlari quyidagicha:
Agar ikki javrobning osti teridan bo'lsa yoki mutlaq teridan bo'lsa, unga mas'h tortish to'g'risida barcha ittifoq qiladi. Agar ikki javrobning osti teridan bo'lmasa yoki mutlaq teridan bo'lmasa, unga mas'h tortish to'g'risida ixtilof qilishadi. Abu Hanifa rohimahullohi alayh avvalgi so'zlarida, uning osti yoki mutlaq o'zi teridan bo'lmasa unda doim yurish imkoni yo'q, degan xulosa bilan mas'h tortishni man qiladilar. Bu suratda javrobning maxsiga o'xshash jihati yo'qoladi. U zotning ikki sohiblari Abu Yusuf va Muhammadlar agar javrob qalin va mustahkam matodan bo'lsa, unda bemalol yurish mumkin. Bas shu jihatdan u maxsiga o'xshaydi, deb unga mas'h tortishlik ijozatini beradilar. Agar javrob qalin va mustahkam matodan bo'lmasa, bu ikki shogirdning nazdida ham bilittifoq unga mas'h
tortishlik joiz emas. Ushbu ma'lumot Abdulhay Laknaviyning[24] “Sharhul Viqoya” ga yozgan “Umda ar-rioya” nomli xoshiyasida ham keltirlgan.
Alloma Kosoniy[25] rohimahulloh “Badoe'us sanoe'” kitobida shunday yozadilar:
“Ulamolarning ittifoqiga ko'ra, paypoqlarning matosi suv sizib o'tadigan darajada yupqa bo'lsa, ularga mas'h tortish mumkin emas”.
Alloma ibn Nujaym rohimahulloh ham shunday deydilar:
“Ip yoki jundan qilingan paypoqlarga mas'h tortish mumkin emas”. Bu borada hech qanday ixtilof yo'q. Kiyilgan paypoq bir farsaxdan (uch mildan ya'ni 5760 metrdan) ortiq yo'l yursa bo'ladigan darajada qalin bo'lsagina, ulamolarning fikrida biroz farq uchrashi mumkin. (“Al-Bahrur-Roiq”).
Javrob xususida molikiylarning mazhabi Abu Hanifaning avvalgi so'zi bilan bir xildir. Ya'ni, ular ham javrobga mas'h tortishlik uchun unda eng kamida ikki shart topilishligi lozim, deydilar.
1- Javrob mutlaq teridan bo'lishi;
2- Yoki eng kamida kavush qismi teridan bo'lishi lozim. Shofe'iy va Hanbaliylar ijtihodini imom Termiziy zikr qiladi:
“Agar javrob qalin va mustahkam matodan bo'lsa, uning ostiga teri qoplanmagan bo'lsa ham unga mas'h tortish joizdir”.
Bunga ko'ra Abu Hanifaning keyingi so'zlari, ikki shogirdlarining so'zi, imom Shofe'iy va imom Ahmad ibn Hanbalning so'zlari bir xildir. Ya'ni, agar javrob qalin va mustahkam matodan bo'lsa, uning ostiga teri qoplanmagan bo'lsa ham unga mas'h tortishlik joizdir.
Imom Shofe'iydan Abu Hanifa rohmatullohi alayhning avvalgi so'ziga o'xshash so'z ham naql qilingan. Ibn Qudoma[26] “Mug'niy” nomli kitobida shunday deydi:
“Abu Hanifa, Molik, Avzoiy, Mujohid, Amr ibn Diynor, Hasan ibn Muslim va Shofe'iy rohmatullohi alayhimlar
agar ikki javrobning ostiga teri qoplanmagan bo'lsa, ularga mas'h tortish joiz emas. Chunki
unda yurish imkoni yo'qdir. Nafis javrobga mas'h tortish joiz bo'lmaganidek, ostiga teri
qoplanmagan javrobga ham mas'h tortib bo'lmaydi, deyishadi”.
Ibn al-Arabiy “Oriza”da shunday deydi:
“Ulamolar javrobga mas'h tortish xususida uch xil fikrni oldinga surishadi:
1- Agar javrob to'fiqqacha teridan qilingan bo'lsa, unga mas'h tortishlik durust bo'ladi. Imom
Shofe'iy va bizning ba'zi sohiblarimiz ham ushbu so'zni aytishgan.
2- Agar javrob qalin bo'lib, mutlaq teridan bo'lmasada, lekin ostiga teri qoplangan bo'lsa, unga mas'h tortishlik
joizdir. Shofe'iylarning ba'zi sohiblari o'z mazhablarida ushbu so'zni tasdiq qilishgan. Abu
Hanifa rohmatullohi alayh ham mana shu fikrni quvvatlagan. Shofe'iyning as'hoblari buni
imom Molikdan rivoyat qilib keltirishgan.
3- Agar javrobning ostiga teri qoplanmagan va yoki mutlaq teridan bo'lmasa ham, unga mas'h tortishlik joiz bo'ladi. Bu so'zni Ahmad ibn Hanbal aytganlar.
- Birinchi fikrni qo'llaganlar shunday deyishadi:
“Javrob to'g'risidagi hadislar zaifdir. Agar javrob teridan bo'lsa, uning hukmi maxsiga o'xshab qoladi va shunda u maxsi
to'g'risida kelgan hadislar taxtiga doxil bo'ladi”.
- Ikkinchi fikrni qo'llaganlar shunday deyishadi:
“Albatta, agar javrob qalin va mustahkam matodan bo'lib, u oyoqni to'fiqqacha berkitsa, u bilan yurishlik imkoniyati bo'ladi. Demak unda yurish imkoniyati bo'lgandan keyin u maxsi kabidir. Maxsiga esa mas'h tortishlik bilittifoq joizdir”.
- Uchinchi fikrni qo'llaganlar shunday deyishadi:
“Hadisning zohirida mutlaq javrob deyilgan. Agar hadis sahih bo'lsa, javrobga mas'h tortishlik asl bo'ladi”.[27]
Shofe'iylardan bo'lgan ibn Roslan[28] Abu Dovudning “Sunan”lariga yozgan o'zining sharhida shunday deydi:
“Imom Shofe'iy “Umm”da quyidagi matnni keltiradi:
“Javrobga, uning qalin va ostiga teri qoplanganlik sharti bilan mas'h tortishlik joizdir”.
Shofe'iylarning ulkan jamoasi ushbu so'zni quvvatlaydi.
Qozi Abu Tiyb shunday deydi:
“Mas'h tortishning farz o'rnidan boshqa joyida yurishlik mumkin bo'lgan javrobga mas'h tortishlik joizdir”[29].
Shofe'iy mazhabidagi eng to'g'ri so'z shudir”.
Muborakfuriy shunday deydi:
“Agar siz, javrob lafzi hadisda hech qanday qaydlarsiz, mutlaq kelgan, nima sababdan unga mas'h tortishlik uchun fuqaholarning barchasi ma'lum shartlarni qo'yishmoqda. Ya'ni ba'zilar teridan bo'lishligini, ba'zilar esa ostiga teri qoplangan bo'lmoqligini, yana ba'zilar qalin va mustahkam matodan bo'lishini aytishmoqda, desangiz, unga quyidagi javobni beramiz:
“Qur'oni Karimdagi oyatning ochiq-oydin dalolati oyoqni yuvmoqlikdir. Alloh taolo shunday marhamat qiladi:
“Ey, iymon keltirganlar! Namozga turmoqchi bo'lsangiz, yuzlaringizni va qo'llaringizni chig'anoqlari ila yuvinglar.
Boshlaringizga mas'h tortinglar. Va oyoqlaringizni to'piqlari ila yuvinglar”.[30]
Oyatdagi “yuvinglar”, degan ochiq-oydin dalolatni, faqatgina sahihligida muhaddislar ittifoq qilgan, mutavotir hadis bo'lsagina tark qilish mumkin bo'ladi. Maxsiga mas'h tortishlik to'g'risidagi hadislar ana shunday mutavotir hadislar jumlasidandir. Hatto bu borada imom Abu Haniyfa rohmatullohi alayh shunday deganlar:
“Mahsiga mas'h tortish masalasida kelgan dalillar menga kunday ravshan bo'lmaguncha ruxsat bermaganman”.
Ya'ni maxsiga mas'h tortishlik to'g'risidagi hadislar mutavotir darajada ekanligini aniqlanmaguncha, fuqaholar maxsiga mas'h
tortishlikka ijozat berishmagan.
Imom Abu Yusuf rohmatullohi alayhi shunday yozadilar:
“Qur'onning buyrug'ini Sunnat bilan istisno qilish mumkin, biroq buning uchun sunnat maxsiga mas'h tortishlik mavzusidagi kabi tavotur yoki istifoda darajasiga yetishi shart”.
Shuning uchun oyatdagi oyoqni yuvishlik amalining o'rniga sunnatdagi maxsiga mas'h tortishlik amalini qilish borasida ixtilof yo'q. Lekin javrobga mas'h tortishlik to'g'risida bor yo'g'i uchta hadis vorid bo'lgan va ularning ikkitasini sanadi zaifligiga ittifoq qilishgan.
Endi, qanday qilib oyatdagi ochiq-oydin yuvishlik ma'nosini qo'yib, ulamolar sahihligida ixtilof qilgan hadisni dalil qilib oldinga suramiz!? Mana shunga ishora qilib imom Muslim shunday degan edi:
“Qur'onning ochiq-oydin oyati Abu Qays va Huzayl kabilarning so'zi bilan tark qilinmaydi”.
Shu sababdan javrobga mas'h tortish uchun fuqaholar qo'ygan yuqoridagi qaydlarni shart qilish lozim bo'ladi. Ushbu shartlar bilan javrob maxsiga o'xshab qoladi va unga mas'h tortish esa xuddi maxsiga mas'h tortish hadisiga amal qilish hisoblanadi. Natijada
ehtimoliy dalildan aniq dalilga amal qilgan bo'linadi. Fuqaholar nazdida agar javrob teridan yoki uning osti teridan bo'lsa, yohud bu ikki shart topilmay qalin va mustahkam matodan bo'lsa, u xuddi maxsi kabidir. Undan boshqasiga mas'h tortmaslik ehtiyotliroqdir”.[31]
Muborakfuriy shunday deydi:
“Agar siz:
“Nima uchun, imom Ahmad ibn Hanbal rohmatullohi alayh javrobga mas'h tortish hadisini zaif deyish bilan birga, o'zlari unga mas'h tortish uchun hech bir qaydlarni qo'ymaganlar? Ibn al-Arabiyning so'zlarida buni ko'rish mumkin-ku?”, degan
savolni o'rtaga tashlasangiz unga quyidagicha javob beramiz:
“Aslida imom Ahmad rohmatullohi alayh ham javrobga mas'h tortish uchun uning shaffof bo'lmasligini ya'ni qalin
va mustahkam matodan bo'lishini shart qilib qo'yganlar. Imom Termiziy rohmatullohi alayh
buni ochiq bayon qiladilar. Ibn Qudoma “Mug'niy”da shunday deydi:
“Batahqiq Ahmad ibn Hanbal mutlaq javrobga mas'h tortishga ijozat bermagan. Agar javrob qalin bo'lib, bo'shashmasdan
oyoqda xuddi maxsi kabi tik tursa, unga mas'h tortish uchun ijozat berganlar. Kishilar
javrobni maxsi o'rnida ko'rganlari uchun unga mas'h tortar edilar. Ular javrobni kiyib olib,
u bilan bemalol ko'chalarda yurishardi”.
Ibn Qudoma bundan oldin ushbuni keltirgan edi:
“Ahmad ibn Hanbaldan yirtiq javrobga mas'h tortishlik to'g'risida so'raldi. Bas u kishi buni xush ko'rmasligini bildirdi. G'olibo, imom Ahmadning nazdida bu yengil sanashdir. Chunki javrobning yolg'iz o'ziga mas'h tortish hadisida sobit bo'lmagan. (Balki uning yonida kavush ham zikr qilingan). Ushbu hadis quyidagicha:
Mug'iyra ibn Shu'badan rivoyat qilinadi:
“Albatta, Nabiy solallohu alayhi vasallam ikki javrob va ikki kavushga mas'h tortar edilar”.[32]
Yana ibn Qudoma davom ettirib:
“Agar javrob kavush bilan sobit bo'lsa, unga mas'h tortadi. Qachonki kavushni yechsa tahorat sinadi. Ya'ni javrobning o'zi hadisda sobit bo'lmagan, balki unga mas'h tortish uchun uning yonida kavush bo'lishi ham lozim. Shunda uning ustiga mas'h tortishlik muboh
bo'ladi va agar kavushni yechsa, tahorat sinadi. Chunki javrobning sobitligi mas'hning joizligi uchun lozim bo'lgan ikki shartdan biridir. Kavushning kiyilishi bilan u komil bo'ladi. Demak kavushni yechsa, bitta shart yo'qolib, xuddi qadam ko'rinib qolganidek tahorat botil bo'ladi”, deydi.
Shunga ko'ra imom Ahmad ibn Hanbal rohmatullohi alayh javrob hadisiga suyanmay, balki sahobalardan kelgan asarlarga suyanmoqda. Hofiz ibn Qayyim[33] shunday deydi:
“Batahqiq imom Ahmad javrobga mas'h tortishlikning joizligiga dalil keltirib, unga Abu Qaysning rivoyatini illat qiladi. Bu u kishinig insofli va adolatli ekanligidandir. Ushbu masalada imom Ahmadning e'timodi ana o'sha sahobalar va ochiq-oydin qiyosdir. Zero javrob
bilan maxsining orasida aytarli farq yo'qdir. Shunday ekan javrobga maxsining hukmini joriy qilish to'g'ri bo'ladi”.[34]
Muborakfuriy shunday deydi:
Ibn Qayyimning, zero javrob bilan maxsining orasida aytarli farq yo'qdir, degan so'zida mulohaza bor. Agar javrob
teridan bo'lmasada, lekin qalin va mustahkam matodan bo'lib, puxta to'qilganligidan oyoqda
bog'ichsiz o'zi tik tursa va uning o'zi bilan yurish mumkin bo'lsa, shubhasiz bunday javrob bilan
maxsi o'rtasida aytarli farq bo'lmaydi. Albatta, bu javrobning hukmi maxsining hukmi
kabidir. Ammo javrob orqasi ko'rinadigan darajada yupqa bo'lib, bog'ichsiz oyoqda turmasa,
uning o'zi bilan yerda yurib bo'lmasa, bunday javrobni qanday qilib maxsiga
tenglashtiramiz?!Demak hukmda maxsiga tenglashadigan javrobning fuqaholar keltirganidek
shartlari bo'lishi lozim. Maxsi bilan yupqa javrobni qiyoslash, ikki farqli narsani
qiyoslashdir. Buning noto'g'ri ekanligini tushunish qiyin emas. Garchi, farazan maxsi bilan
yupqa javrobning o'rtasida deyarli farq yo'q, deyilsada, aniqki yupqa javrob maxsi to'g'risida
kelgan hadislar taxtiga doxil bo'la olmaydi. Chunki javrob maxsi turidan emasdir. Shunday
ekan maxsiga va yupqa javrobga mas'h tortishlik yolg'iz qiyos bilan sobit bulmokda. Qur'onning
ochiq-oydin oyati qiyos bilan tark qilinmasligi barcha ittifoq qilgan qoidadir.
Agar siz Muslimning:
“Qur'onning ochiq-oydin dalolati Abu Qays va Huzaylga o'xshaganlarning so'zi
bilan tark qilinmaydi”, degan so'ziga Hofiz ibn Qayyimning bergan ikki xil javobini
keltirsangiz. U javob quyidagicha edi:
- “Birinchidan:
Albatta Qur'onning ochiq-oydin
dalolati javrobga mas'h tortishlikni man qilsa, unda ushbu man qilishlik maxsiga mas'h
tortmoqlikka ham tegishli bo'lishi lozim. Shunda ijmo' masalasiga berilgan javobni,
ixtilof masalasiga ham berish to'g'ri bo'ladi.
- Ikkinchidan:
Sahobalar Qur'onni Nabiy solallohu alayhi vasallamning o'zlaridan eshitishgan, uning ta'vilini bilib, javrobga mas'h
tortishgan. Vaholanki ular Qur'onning zohirini, Allohning bundan ko'zlagan maqsadini
ummat ichida eng biluvchirog'i edilar”.[35]
Bu ikki javobda ham mulohaza bor, deymiz.
-
Birinchi javobdagi mulohaza:
Maxsiga mas'h tortishlik to'g'risida muhaddislar sahihligida ittifoq qilgan bir necha hadislar vorid bo'lgan. Sahobalar ushbu sahih hadislar sababidan
Qur'onning ochiq-oydin dalolatini tark qilib, o'sha hadislarga amal qilishgan. Ammo
javrobga mas'h tortishlik to'g'risida muhaddislar sahihligida ittifoq qilgan hadislar vorid
bo'lmagan. Bu hadislarni o'rganib chiqsangiz, ular to'g'risida turli so'zlarni ko'rasiz. Qanday
qilib Qur'onning ochiq-oydin dalolatini tark etib, ma'lul hadisga amal qilinadi?!
-
Ikkinchi javobdagi mulohaza:
Sahoba roziyallohu anhumlar mas'h tortgan javrobning orqasi
ko'rinadigan darajada yupqa bo'lganligi, bog'ichsiz oyoqda turmaydigan va u bilan yurib
bo'lmaydiganligi ochiq-oydin sobit bo'lmagan. Lekin ular mas'h tortgan javrobning qalin va
mustahkam matodan bo'lganligi va u bilan yurish mumkinligi to'g'risidagi ma'nolar ehtimoli
kuchliroqdir. Sahobalar javroblarini maxsi sifatida ko'rishgan va ularga mas'h tortishda
maxsiga mas'h tortishlik ma'nosidagi hadislarga amal qilgandek amal qilishgan. Imom
Ahmadning ushbu so'zlari bunga dalolat qilib turibdi:
“Kishilar javrobni maxsi o'rnida ko'rganlari uchun unga mas'h tortar edilar. Ular javrobni kiyib olib bemalol ko'chalarda
yurishardi”.[36]
Sahobalar javrobga mas'h tortishgan, deyishlik, mutlaq, qalin yoki yupqa bo'lsin
har qanday javrobga mas'h tortishgan degan ma'noni bildirmaydi. Alloma Abu Tiyb Shamsul
Haq rohmatulohi alayh “G'oyatul maqsud” da mazhablarning javrobga mas'h tortishlik
to'g'risidagi fikrlarini keltirgandan keyin quyidagilarni yozadi:
“Siz bilasizki, javrob teridan, jundan va yana shuningdek paxtadan ham qilinadi. Bularning barchasini javrob deb
nomlanadi. Ushbu umumiy javroblar ichida fuqaholar ruxsat bergani Nabiy solallohu alayhi
vasallam mas'h tortgan jundan bo'lgan javrobdir. U javrobning osti teridan yoki o'zi qalin va
mustahkam matodan bo'lishi qat'iy sobit bo'lmagan. Nima uchun fuqaholar mas'h uchun
javrobning teridan bo'lishligini tayin qilishmoqda? Chunki javrob teridan bo'lsa, u maxsiga
o'xshab qoladi. Zero maxsi faqat teridan qilinadi. Agar hadis Nabiy solallohu alayhi
vasallamning qovliy hadislaridan bo'lib, unda:
“Javroblaringga mas'h tortinglar”, degan so'zlari bo'lganida edi, shu so'zdan javrobni hech qanday qaydlarsiz umumiy tushunish mumkin
bo'lardi. Zero bunday qovliy hadis yo'qmi, demak javrobni umumiy tushunish ham yo'q”.
Yana siz:
“Nima uchun javrob aynan jundan bo'lishligi kerak. Ehtimol Nabiy solallohu alayhi vasallam
mas'h tortgan javrob jundan bo'lmay paxtadan ham bo'lishi mumkin-ku? Roviy buni
ochiqlamagan”, desangiz, unga quyidagicha javob beramiz:
“Ha to'g'ri! Bu yerda ikki tomonning
ehtimoli barobar. Javrob jundan bo'lganidek, paxtadan ham bo'lgan bo'lishi mumkin. Lekin bu
ikki ehtimolning o'rtasida yana bir kuchli ehtimol bor. Bu – uning teridan bo'lish ehtimoli.
Agar javrob teridan bo'lsa, u maxsi ma'nosidagi hadislarga muvofiq keladi. Unga mas'h
tortishlik hech qanday ixtilofsiz joiz bo'laveradi. Ammo teridan boshqa narsadan bo'lsa,
bunda kishi xotirjam bo'ladigan darajada aniqlik bo'lmay, balki turli xil shubhali
ehtimollar yuzaga chiqadi.
“Abu Muhammad Hasan ibn Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhumodan
rivoyat qilinadi. U kishi shunday dedi:
“Men Rasululloh solallohu alayhi vasallamdan:
“Seni shubhaga solgan narsani tark qilib, seni shubhaga solmagan narsaga o'tgin. Bas, albatta sidq
xotirjamlikdir, kizb shubhadir”, deganlarini yodlaganman”.[37]
Demak to'g'riligi aniq bo'lgan yo'l turganda, to'g'riligi ehtimolliy yo'lni tanlash noo'rindir.
Javrobga u qalin yoki yupqa bo'lsin, mutlaq mas'h tortish mumkin deydiganlar, imom Ahmadning “Musnad”larida kelgan
ushbu hadisni ham dalil qilib keltiradilar. U kishi shunday deydi:
“Bizga Yahyo ibn Said Savrdan, u Roshid ibn Sa'ddan, u esa Savbondan rivoyat qiladi. Savbon roziyallohu anhu
shunday dedi:
“Rasululloh solallohu alayhi vasallam sariya jo'natganlarida, ularga sovuq
yetdi. Nabiy solallohu alayhi vasallamning huzurlariga qaytishgach, ularga yetgan sovuqdan
shikoyat qilishdi. U zot solallohu alayhi vasallam “asoib” va “tasoxiyn”lariga mas'h tortishni
buyurdilar”.[38]
Ibn Asir “Nihoya”da:
“Asoib” sallalardir. Chunki u bilan bosh bog'lanadi.
(Asaba deb arab tilida boshni bog'laydigan narsaga aytiladi). “Tasoxiyn” deb qadamni isitib
turadigan maxsi, javrob va shu kabi har qanday narsaga aytiladi. Bu lug'at ko'plik shaklida
bo'lib, uning birligi yo'qdir. Ushbu hadis sanadidagi kishilarning barchasi ishonchli va rozi
bo'linganlardir”.
Aslida bu hadisni dalil uchun keltirish to'g'ri emas. Chunki roviylar
o'rtasida uzilish bor. Roshid ibn Sa'd bu hadisni Savbondan eshitmagan. Hofiz ibn Abu Xotim
shunday deydi:
“Abdulloh ibn Ahmad ibn Hanbal menga yozgan narsasida shunday dedi:
“Ahmad ya'ni ibn Hanbal:
“Roshid ibn Sa'd bu hadisni Savbondan eshitmagan”, dedi.[39]
Hofiz ibn Hajar shunday dedi:
“Abu Xotim:
“Al-Xarbiy Savbondan eshitmagan”, degan.
Al-Xollal Ahmad
(ibn Hanbal)dan rivoyat qilib:
“Undan eshitishligi mumkin emas”, dedi.[40]
Hofiz Abul Abbos
o'zining “Fatavo”sida shunday deydi:
“Agar javrobning o'zi bilan yurilsa, unga mas'h tortishlik joizdir. Uning teridan bo'lish bo'lmasligining farqi yo'q. Bu ulamolarning sahih so'zidir. “Sunan”da Nabiy s.a.v ikki javrob va kavushlariga mas'h tortar edilar, degan ma'lumot kelgan. Garchi bu hadisning sahihligi sobit bo'lmasa ham, lekin qiyos unga amal qilishlikni taqozo etadi. Chunki javrob bilan kavushning o'rtasidagi farq, birining jundan boshqasining esa teridan bo'lishligidadir. Ma'lumki shariatda bu kabi farqning ta'siri yo'qdir. Uning teridan, paxtadan, kanopdan yoki jundan bo'lishi, xuddi ehromning oq yoki qora bo'lishi kabidir. Teri jundan biroz pishiqroq xolos. Shuningdek teridan bo'lgan maxsiga mas'h tortishlikdagi ehtiyoj, jundan bo'lgan javrobga mas'h tortishlikdagi hikmat va ehtiyoj bilan barobardir. Bularning o'rtasini farqlash ikki o'xshash narsaning o'rtasini farqlash kabidir. Bu esa adolatdan emas. Eng to'g'risi Kitob va Sunnatda kelgan narsadir. Alloh taolo eng to'g'risini kitoblarida nozil qildi va payg'ambarlarini o'sha bilan jo'natdi”.
Muborakfuriy Abul Abbosning ushbu so'zlariga “Tuxfa al-Axfaziy” da shunday deydi:
“Hofiz ibn Taymiyaning (ya'ni Abul Abbosning) bu so'zi bizning “javrob qalin va mustahkam matodan bo'lib, uning o'zi bilan yurish mumkin bo'lsagina, unga mas'h tortishlik joiz”, degan so'zimizga qarshi emas. Chunki u kishi: “Agar javrobning o'zi bilan yurilsa, unga mas'h tortishlik joizdir”, demoqda. Ma'lumki, javrob qalin va mustahkam matodan bo'lsagina uning o'zi bilan yurishlik mumkin
bo'ladi. Ammo ibn Taymiyaning: “Shuningdek teridan bo'lgan maxsiga mas'h tortishlikdagi ehtiyoj, jundan bo'lgan javrobga mas'h tortishlikdagi hikmat va ehtiyoj bilan barobardir. Bularning o'rtasini farqlash ikki o'xshash narsaning o'rtasini farqlash kabidir”, degan so'zi, agar javrob qalin bo'lib, uning o'zi bilan yurilsa, to'g'ri bo'ladi. Lekin javrob yupqa bo'lib, uning o'zi bilan yurib bo'lmasa, ibn Taymiyaning so'zi to'g'ri bo'lmaydi. Chunki yupqa javrobni maxsiga qiyos qilish ikki turli narsani bir-biriga taqqoslashdir. Bu esa bilganingizdek noto'g'ri qiyos hisoblanadi”.[41]
Fuqaholar o'rtasida umumiy ilmiy qarashlarni diqqat nazari bilan o'rganib chiqsak, biz bugungi kunda kiyib yurgan shaffof paypoqlarga mas'h tortishlikning yorqin dalilini ko'rmaymiz. O'zi umuman olganda kishi ibodat masalasida ehtiyotliroq bo'lgani ma'qul. Javrobga mas'h tortishlik xususida barcha fuqaholar ittifoq qilishgan, lekin javrobning sifati to'g'risida turli xil fikr oldinga surilgan. Bu
fikrlarni ham o'rganib chiqilsa, bugungi kunning shaffof paypoqlariga mas'h tortib bo'lmasligiga ularning ittifoqini ko'rish mumkin.
Barchamizni Alloh taolo haq yo'lga hidoyat qilsin. Zero asl haqiqatni yolg'iz Uning O'zi biladi. U hidoyat qilsa, adashtirguvchi yo'q. Agar
adashtirsa, hidoyat qilguvchi yo'q. 1431hijriy 23 jumodul avval Juma. Soat 01:33.
Abror Muxtor Aliy al-Hanafiy
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Qur'on Karim.
2. “Sunan Abu Dovud”. Imom Abu Dovud as-Sijistoniy.
3. “Sunan Termiziy”. Imom Termiziy.
4. “Musnad”. Ahmad ibn Hanbal.
5. “Tuhfatul Ahfaziy sharxi Sunan Termiziy”.Muhammad Abdurrahmon ibn Abdurrahiym Muborakfuriy.
6. “Kitabul marosil”. Hofiz ibn Abu Xotim.
7. “Tahzib at-tahzib”. Hofiz ibn Hajar.
8. “Nihoya”. Ibn Asir.
9. “Al-Mug'niy”.Abdulloh ibn Ahmad ibn Qudoma al-Maqdisiy.
10. “Naylul Avtor”.Muhammad ibn ash-Shavkoniy.
11. “Lama'atut Tanqih sharh Mirqotul Masobih”.Alloma shayx Abdulhaq ad-Dehlaviy.
12. “Orizatul Ahvaziy sharxi Sunani Termiziy”. Imom Hofiz Qozi Abu Bakr ibn al-Arabiy al-Molikiy.
13. “ Fatavo”. Ahmad ibn Abdulhalim Abdussalom Ibn Taymiya.
14. “G'uniyyatul Mustamlo”.Ibrohiym Muhammad ibn Ibrohiym al-Halabiy.
15. “Bahrur Roiq sharhi Kanzud Daqoiq”.Najmuddin az-ZohidiyIbn Nujaym.
16. “G'oyatul Maqsud”. Alloma Abu Tiyb Shamsul Haq.
17. “Umda ar-Rioya”.Shayx Abulhasanot Muhammad Abdulhay Laknaviy.
18. “Sharhi Osor”. Imom Tahoviy.
19. “Badoe'us sanoe'”. Alouddin ibn Mas'ud al-Kosoniy.
20. “Al-Qomusul Muhit”. Majduddin Fayruz Obodiy.
21. “Tojul Uruz”. Abul Fayz Murtazo Zubaydiy.
22. Maktaba ash-Shomila.
[1]Abul Fayz Murtazo Zubaydiy “Tojul Uruz”.
[2]Imom Abu Abdulloh ibn Muhammad ibn Abdulloh az-Zarkashiy, hijriy 794 da vafot topgan.
[3]Hasan ibn Muhammad at-Tibiy, hijriy 743 yili vafot topgan.
[4]Muhammad ibn ash-Shavkoniy1172-1255 hijriyda yashab ijod qilgan.
[5]Muhammad ibn ash-Shavkoniyning “Naylul Avtor” nomli kitobidan.
[6]Alloma shayx Abdulhaq ad-Dehlaviy. Hind muhaddislaridan, 958-1052 hijriyda yashab ijod qilgan.
[7]Alloma shayx Abdulhaq ad-Dehlaviyning “Lama'atut Tanqih sharh Mirqotul Masobih” nomli kitobidan.
[8]Imom Hofiz Qozi Abu Bakr ibn al-Arabiy al-Molikiy.
[9]Imom Hofiz Qozi Abu Bakr ibn al-Arabiy al-Molikiyning “Sunani Termiziy” ga yozgan “Orizatul Ahvaziy” nomli kitobidan.
[10]Ahmad ibn Abdulhalim Abdussalom Ibn Taymiya. Hijriy 728 da vafot topgan.
[11]Badriddin Ayniy, hijriy 762-855 da yashab ijod qilgan.
[12]Abdurrazzoq rivoyati.
[13]Majduddin Fayruz Obodiy, lug'atshunos, “Al-Qomusul Muhit”ning sohibi, hijriy 852 da vafot topgan.
[14]Ibrohiym Muhammad ibn Ibrohiym al-Halabiy hijriy 956 vafot topgan.
[15]“G'uniyyatul Mustamlo”.Ibrohiym Muhammad ibn Ibrohiym al-Halabiy.
[16]Abdulaziz ibn Ahmad ibn Nasr al-Halvoniy. Shamsul Aimma nomi bilan mashhur.Hijriy 448 da vafot topgan.
[17]Ibn Nujaym nomi bilan mashhur alloma Najmuddin az-Zohidiy. Hijriy 758 da vafot topgan.
[18]Bahrur Roiq sharhi Kanzud Daqoiq. 2-juz. 211-sahifa.
[19]Alloma Abu Tiyb Shamsul Haq, hijriy 1273-1329da yashab ijod etgan.
[20]“G'oyatul Maqsud” kitobi.
[21]Muhammad Abdurrahmon ibn Abdurrahiym Muborakfuriy , hijriy 1353 da vafot topgan.
[22]“Tuhfatul Ahfaziy” 1-juz, 424-sahifa.
[23]Imom Tahoviy, 229-321 hijriyda yashab ijod qilgan. “Sharhi Osor”, 1jild, 995 sahifa.
[24]Shayx Abulhasanot Muhammad Abdulhay Laknaviy.1264 -1304 hijriyda yashab o'tgan.
[25]Alouddin ibn Mas'ud al-Kosoniy. Hijriy 587 da vafot topgan.
[26]Abdulloh ibn Ahmad ibn Qudoma al-Maqdisiy. 541-620 hijriyda yashab o'tgan.
[27]Ya'ni, aslida mutlaqni qayd qilmay, uni mutlaqligicha joriy qilinadi.
[28]Sirojiddin ibn Roslan al-Balqiniy al-Misriy ash-Shofe'iy. Hijriy 805 da vafot topgan.
[29]Ya'ni mas'h tortishning farz o'rni oyoqning usti tarafidir. Demak javrobning osti tarafi yurishga yaraydigan darajada bo'lishini mas'h tortish uchun Qozi Abu Tiyb shart qilib qo'ymoqda.
[30]Moida surasi, 6-oyat.
[31]“Tuhfatul Ahfaziy”.
[32]Imom Ahmad, Abu Dovud va Termiziy rivoyati.
[33]Ibn Qayyim al-Javziya nomi bilan mashhur Hofiz Shamsiddin Muhammad ibn Abu Bakr. Hijriy 751da vafot topgan.
[34]Ibn Qayyim al-Javziyaning “Sunan Abu Dovud”ga yozgan xoshiyasidan. Tahorat kitobi, 1-juz, 189-sahifa.
[35]Ibn Qayyim al-Javziyaning “Sunan Abu Dovud”ga yozgan xoshiyasidan. Tahorat kitobi, 1-juz, 190-sahifa.
[36]Ibn Qudoma. “Al-Mug'niy”.
[37]Imom Termiziy rivoyati. U, bu hadis sahihdir, degan.
[38]Abu Dovud rivoyati.
[39]“Kitabul marosil”ning 22-sahifasi.
[40]Hofiz ibn Hajar “Tahzib at-tahzib”
[41]“Tuhfatul Ahfaziy sharxi Sunan Termiziy”. 1-juz, 434-sahifa).
- 4771